O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


* Eftallar davlati – ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

* Eftallar davlati – ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. 
V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida 
Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, hozirgi 
Pokiston,
Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston 
hududlarini o‘z ichiga olgan
* Boj – o‘lpon, soliq. Bir davlat tomonidan ikkinchi 
dav latga to‘lanadigan, shuningdek, shahar va qish-
loq bozor larida savdogarlardan olinadigan maxsus 
to‘lov


12
V asr oxiri – VI asr boshlarida Xorazm, Sug‘d, Choch 
va Toxariston viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan 
alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. eftaliylar davlat 
boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat 
harbiy kuchga tayan 
gan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar 
belgilangan. 563–567-yillarda eftallar davlati Turk xoqonligi 
hamda eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila 
barbod bo‘lgan.
Xo‘jalik hayoti. 
eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik 
tarkibi xil 
ma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining 
izchil yo‘l 
ga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy 
sug‘orish, chor 
vachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik 
ravnaq topishiga asos bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham Toshkent 
vohasi va Janubiy Qozog‘is ton yerlarining bir qismini suv bilan 
ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand 
viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om 
kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan 
hisoblanadi.
Savdo va pul muomalasi.
 
Tashqi savdo bojidan manfaat-
dor bo‘lgan eftallar “Ipak yo‘li”ni o‘z nazoratlari ostida tutib 
turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, eron va Vizantiya 
bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li 
savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diy-
lar vositachi bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘l, qatnov, ta’minot, 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayib borishiga yo‘l 
ochgan. Tashqi savdoda ipak, lok, bo‘yoqlar, rangli shishalar, 
qimmatbaho toshlar, arg‘umoq otlar, matolar, shirinliklar
qurol-yarog‘ kabi noyob mahsulotlar bozori chaqqon bo‘lgan. 
Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda 
tanga pul muomalasi tartibga solinadi. 
Ichki va tashqi savdo mu 
no 
sa 
batlarida eftallar dastavval 
sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foyda lana-
dilar. Bulardan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Nax-

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin