114
5. Sarbadorlar kimlar, ular kimlarga qarshi kurash gan lar?
6. Amir Temur haqida qanday kitoblar o‘qigansiz?
Quyidagi jadvalni to‘ldiring. Ushbu sanalarda qanday
voqealar bo‘lib o‘tdi?
XIV asrning 50–60-yillari
1363-yil
1336-yil 9-aprel
1365-yil 22-may
1360–1361-yillar
1366–1370-yillar
31-§. AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN
DAVLAT ASOSCHISI
Tayanch tushunchalar: Amir Temur hukmronligining bosh-
lanishi, Oliy hokimiyat ramzi, markazlashgan davlat, Movarounnahr
va Xurosonning birlashtirilishi.
Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi.
XIV asr-
ning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og‘ir siyosiy
va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat
tashkil etishni talab qilmoqda edi.
Amir Temur o‘z zamonining
bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi.
Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi.
Bunday maqsadni amalga oshirishda u oqsoqollar, harbiylar,
savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi.
Dostları ilə paylaş: