112
xo‘ja bilan
Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu
sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx
hokimi
Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga
qarshi
kurash olib boradi.
1363-yilda Amudaryoning chap sohilida,
Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba
qozonadilar. Keyingi ikki
yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja
boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar.
Nihoyat
1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan
quvib chiqaradilar.
Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan
Ilyos xo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga
qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang
1365-yil 22-may kuni
Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida
sodir bo‘ladi.
Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi.
Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib,
jang maydoni botqoqlikka
aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan.
Jangda
Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dush-
man qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan
bir paytda
Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga
tashlamay, jang maydonini tark etadi.
Amir Temur chekinishga
majbur bo‘ladi.
Bu g‘alabadan so‘ng
Ilyosxo‘ja hech
qanday qarshilikka
uchramay,
Xo‘jand va
Jizzax shaharlarini egallab,
Samarqand
ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq
shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan
mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu
xalq harakati
tarixda
“Sarbadorlar harakati” nomi bilan shuhrat topadi.
Dostları ilə paylaş: