O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida 
Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini 
o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-
da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli 
amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi 
va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda 
Farg‘onaning hoki mi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin 
Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning 
ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi 
viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi 
bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy 
valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil 
Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda 
boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari 
hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Pirmuhammad 1407-yil 
22-fevralda vaziri Pir Ali Toz
boshliq fitnachilar qo‘lida halok 
bo‘ladi. 1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo‘yunli turkmanlarning 
qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh 
halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar 
qo‘lidan ketadi.
1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada kes-
kinlashadi. Amir Xudoydot O‘ratepa va Shohrux_endi_likda_butun_e’tiborini_Movarounnahrga_qaratadi._Chunki_u_ota_yurtidagi_hodisalarga_loqayd_qaray_olmasdi._1409-yil_25-aprel'>Shohruxiya shaharlarini 
osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. 
Sheroz yaqinidagi Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan 
jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa 
asirga olinadi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi.
 
Shu davrda 
Xuro 
sondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan Shohrux 
endi 
likda butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki 
u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 
25-aprelda u Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish 
qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o‘zaro kurash va isyonlar 
xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Temuriyzodalar 
va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida 
Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘pgina 


133
tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi 
beboshliklarga chek qo‘yilib, Movarounnahr va Xurosonda 
o‘z hukmronligini o‘rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va 
osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi.
Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur salta-
natining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolsa-da
ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan 
biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi 
davlat bo‘lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa 
Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin