Taxt uchun kurash. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni ne-
va rasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray
viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olamdan o‘tadi.
Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda
temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana
avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy
larzalarga duchor bo‘ldi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning
to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni
Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavlaegallaydi. Toj-u taxt uchun
yana kurash boshlanadi.
O‘zboshimcha shahzodalar Ulug‘bekka qarshi harakat
bosh laydi va 1447-yilning bahorida AlouddavlaUlug‘bekning
katta o‘g‘li Abdullatifning qo‘shinini tor-mor qilib, uni asirga
oladi. Ulug‘bekAlouddavla bilan sulh tuzishga majbur
bo‘ladi. Unga ko‘ra Abdullatif ozod qilinadi, Ulug‘bek esa Hirot va Xurosonga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
Biroq ko‘p o‘tmay sulh buziladi. 1448-yilning bahorida
Ulug‘bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan
qo‘shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo‘lgan jangda Alouddavla qo‘shini tor-mor keltirilib, Hirot qo‘lga
kiritiladi. Ulug‘bek Xurosonda Abdullatifni qoldirib, o‘zi
Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahrda Ulug‘bekka
qarshi isyon boshlangan edi.
Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxti-
ga o‘ti
rishga muyassar bo‘lsa-da, ammo unda otasiga nis-
ba
tan adovat paydo bo‘ladi. G‘alaba to‘g‘risida tevarak-
atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi