136
viloyatda
“tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z
tarafiga og‘dirib oladi. Otasidan norozi bo‘lgan amirlarni
atrofiga to‘playdi. Hatto
Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib,
uni
birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday
qilib,
Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik
yo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek fojiasi.
Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq
uchun
Ulug‘bekda o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga
qarshi
yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ammo mamlakatda
siyo
siy
vaziyat keskinlashib,
Ulug‘bekning ahvolini yanada
mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan,
Ulug‘bek old tomondan
Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi.
Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar o‘shanda Tosh-
kent, Shohruxiya, Samarqand
va Buxoro tevaragidagi qish-
loqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar
atrofidagi chorbog‘lari va ko‘shklarini vayron qiladilar. Ikki
taraf dan kelgan dushmanlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar oqi-
batida
Ulug‘bek
qo‘shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi.
Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan
Dostları ilə paylaş: