O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Abu Said 1457-yilda Hirot taxtini egallaydi va saltanatning 
har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq 
viloyat hokimlarining mustaqil hukmronlikka intilishlariga, 
tarqoqlikka barham bera olmaydi. Ayniqsa, uni Abulqosim 
Bobur vafotidan keyin Xorazmni egallab olgan Umarshayx 
Mirzo avlodi Sulton Husaynning isyonlari hammadan ko‘proq 
tashvishlantiradi.
1469-yilning erta bahorida Abu Said Ozarbayjon, G‘arbiy 
eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlarni egallab turgan turk-
manlarga qarshi jangda halok bo‘ladi. Otasi o‘limidan so‘ng 
Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan to‘qnashishga 
jur’at eta olmay, Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yil 
24-mart da Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida tan-
tana bilan Hirotga kirib boradi. Natijada Temuriylar saltanati 
yana ikki mustaqil qismga: Sulton Husayn hukmronligidagi 
Xuroson va Abu Said o‘g‘li Sulton Ahmad hukmronligidagi 
Movarounnahrga bo‘linib ketadi. 
Parokandalik.
Movarounnahrda Abu Saidning o‘g‘illari: 
av val Sulton Ahmad (1469–1494), keyin Sulton Mahmud 
(1494–1495) va keyinchalik Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali 


139
(1498–1500) mustaqil hokimlik qiladi. Biroq Movarounnahrda 
tarqoqlik yanada avj oladi. Bu vaqtda Movarounnahr o‘zaro 
nizolashayotgan temuriy shahzodalar boshchilik qilib turgan 
ko‘pdan ko‘p viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Mamlakat, el-yurt 
boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda din ulamolaridan 
biri Xoja Ubaydulloh Ahror musibatlarni daf qilish yo‘lida 
bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi. 1454-yilda Hirot hokimi 
Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni 
qamalga olganida Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat’iyan 
aralashib, raqiblarni yarashtirdi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin