Ulug‘bek madrasasi. 1420-yilda ochilgan Samarqand
madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan. Har bir hujra uch
xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga
bo‘lingan. Madrasada o‘sha zamonning iqtidorli olimlaridan
mavlono
Shamsiddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris
bo‘lgan. O‘rta asrlarning mashhur olimlari Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug‘bek va uning
shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars
berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsiddin Muhammad Xavofiy o‘qigan, darsda tolibi ilmlardan to‘qson
nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan
darsni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15–16 yil
tahsil ko‘rib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan
va imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga
sanad (shahodatnoma) yozib berilgan.
O‘sha davrda Samarqandda Ulug‘bek madrasasidan tashqari
Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham
mavjud edi.
Madrasa va xonaqoh tinglovchilari fanning turli sohalaridan
ko‘pgina kitoblarni tahlil qilar edilar. Amir Temur va uning
avlodlari saroylarida ko‘hna dunyo va o‘rta asrning noyob
asar lari saqlanib kelayotgan boy kutubxonalari bor edi. Samar-
qandda Amir Temur va Ulug‘bekning, Hirotda Shohrux, Boy-
sung‘ur, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning boy kutub-
xonalari ziyo tarqatish bilan mashg‘ul edi.
1. Temur va Temuriylar davrida madrasa qanday vazifani bajar-
gan?
2. Madrasada qanday fanlar o‘qitilgan?
3. Madrasada o‘qitish tizimi qay tariqa tashkil etilgan?
4. Ulug‘bek madrasasi faoliyati haqida gapirib bering.
5. Temuriylar davrida kutubxonalarning ahamiyati haqida o‘z
fikringizni bayon eting.