138
qo‘l keladi.
1451-yilda Abulxayrxon katta qo‘shin bilan
Abu
Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali
Samarqandga
Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz
qishlog‘i yaqinidagi
Bulung‘ur anhori yoqasida jang bo‘ladi.
O‘zaro to‘qnashuvda
Mirzo Abdullo yengiladi va jangda halok
bo‘ladi. Shunday qilib,
Abulxayrxonning yordamida
Abu Said
Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim bo‘lib oladi.
Xuroson bu davrda Shohruxning nabirasi
Abulqosim Bo-
bur
tasarrufida edi. Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib
ketadi. Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda
Xuroson o‘n bir bo‘lakka ajralib ketadi. Ular o‘rtasida urush-
ta
lash
lar to‘xtovsiz davom etardi.
1457-yilda
Abulqosim
Bobur vafot qilgach, vaziyat yana mushkullashadi. Xurosonda
ham, Hirotda ham hokimiyatni da’vo qiluvchilar ko‘p bo‘lsa-
da, lekin ularning birortasi ham davlatni idora qila oladigan
kuch ga ega emas edi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan
Dostları ilə paylaş: