O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi.  Shosh



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. 
Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari 
bilan, Eloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda 
ku 
mush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur 
edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va 
Termizda ya 
sal 
gan qayiqlar Amudaryo bo‘ylab to Orol 
dengizigacha mut 
tasil mol tashib savdogarlarning yukini 
yengil, uzog‘ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan 
bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida 
katta o‘ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog‘ida 
to‘qilgan mallarang bo‘z “zandanicha”, Samarqandning 
Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato “vado riy” nomlari 
bilan Sharqda mashhur edi.
Ichki va tashqi savdo. 
Mamlakatda 
dehqon 
chilik va hunar 
mandchilikning rivoj 
topishi natijasida ichki va tashqi savdo 
kengaydi. Qadimgi karvon yo‘li bo‘ylab 
quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar 
bino qilinadi. Karvonlar o‘tadigan shahar va 
qish loqlarda karvonsaroylar quri lib, ularda 
hujralar va ombor xona lar bo‘lgan. 
Tashqi savdo muomalasida 
sar­roflik­
cheklaridan keng foy da lanilar edi. O‘sha 
vaqtda savdo 
garlar o‘zi bilan ko‘p miq 
dor-
da pul olib yurmas edilar. O‘z pullarini ular 
shahardagi sarrofl ar dan biriga topshirib, undan 
tegishli hujjat – chek olardilar. Mo‘l jallangan 
shaharga borish bilan shu chekni sarrofga 
Somoniylardan 
Abdulmalik 
bin Nuh 
tangasi. 
Samarqand 
961–962-yillar


50
berib, unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib 
olish mumkin edi. Chek so‘zi forscha termin bo‘lib, o‘sha 
vaqtda ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Mova-
rounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim-kechak, 
egar- jabduq, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, 
quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi va boshqa shu kabi mollar 
olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo‘ynalar, 
chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. 
Xitoy bilan bo‘lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot 
aso siy o‘rin da turgan. Itil, Xazar va Bulg‘orga Mova ro unnahr 
va Xorazmdan gu ruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuz lan gan 
baliq, paxta, shoyi mato lar, movut, kimxob va gilamlar olib 
borib sotilgan. Bulg‘or va Xazardan qimmatbaho mo‘ynalar, 
shamlar, cho‘qqi qalpoqlar kel ti rilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin