O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Iqto mulki.
 
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi 
xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om 
qilina boshlaydi. Bunday mulk “iqto”, unga ega bo‘lgan 
mulk dorlar “muqto” yoki “iqtodor” deb yuritilardi. Iqto 
tarzida esa ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya 
etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola 
a’zolari – amir zodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan. 
Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga 
berilib, nasldan naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar o‘ziga in’om 
qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning 
ma’lum qismini yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar.
Barzikor-qo‘shchilar.
 
IX–X asrlarda katta yer egalari 
kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoa-
larining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko‘ra dilar. 
O‘sha zamonda ijarachilar “barzikor” yoki “qo‘sh chilar” 
deb atalardi. Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer egasidan ham, 
qo‘shchilardan ham alohida-alohida olinar edi.
Somoniylar hokimiyatining inqirozi.
 
Somoniylarning 


52
har biy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy 
ho kim larning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib 
bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‘ldi. Hatto 
harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari 
qo‘shiniga maosh to‘lash uchun mablag‘ topilmaydi. Bunday 
og‘ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta 
soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni 
yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga 
qarshi qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi.
Siyosiy vaziyat Nuh (943–954) va uning nabirasi Nuh II 
(976–997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus 
oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon 
ko‘ taradi. Saroy sarbozlari va Chag‘oniyonning yirik yer-mulk 
ega si Abu Ali Chag‘oniy yordamida Ibrohim Buxoro taxtini 
egallab oladi.
Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniyning o‘zi ham hukm-
dor 
ga qarshi isyon ko‘taradi. Nuh qo‘zg‘olonni kuch bilan 
bos tira olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag‘oniyni u avval 
Chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga 
majbur bo‘ladi. 961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g‘ala-
yoni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar amir saroyini talaydilar va 
unga o‘t qo‘yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qay-
tarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib 
qol ganidan dalolat berardi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin