O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


turk”, “Hibat ul-haqoyiq”



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

turk”, “Hibat ul-haqoyiq”.
Turkiy yozma adabiyot.
 
X–XII asrlarda Movarounnahr 
va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom 
etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma 
adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng 
nodirlari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud 
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”Ahmad Yugnakiyning 
“Hibat ul­haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmat” kabi asar-
laridir.
Bu davr turkiy adabiy tili eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining 
vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi.
Mahmud az-Zamaxshariy.
 
Abulqosim Mahmud az-
Zamax shariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida 
dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, 
Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot 
kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik 
san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga 
sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni 
to‘playdi.
Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan 


99
ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi 
va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al­Mufassal”, Qur’oni 
karim tafsiriga oid “Al­Kashshof” asari musulmon olamida 
mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, 
“Xorazm faxri” 
kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. U ko‘p 
asarlarini Makkada yozganligi uchun “Jorulloh” (“Allohning 
qo‘shnisi
”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Qohiradagi 
dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining 
talabalari hozir ham “Al­Kashshof” asosida Qur’oni karimni 
o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – 
arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Mahmud 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin