O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Abu Ali ibn Sino.
 
Abu Ali ibn Sino 
980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona 
qish 
log‘ida mahalliy amaldor oilasida 
dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, us-
tozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, 
riyo ziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n 
olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha 
Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asar-
larini mustaqil o‘rgandi. Ayniqsa, u 
tabo 
bat ilmining qadimgi allomalari 
Abu Nasr Farobiy
Abu Ali ibn Sino


96
Gippokrat va Galen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi 
va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865–925) asarlarini 
puxta o‘rganadi.
Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e’ti 
borli hakim va olim 
bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, 
somoniylarning saroy kutub 
xonasidan foydalanishga ruxsat 
oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) 
Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 
1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi.
Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta 
asar yozgan. Uning 5 jildli 
“Al-qonun­fit-tib”­(“Tib qonunlari”) 
nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari 
va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va 
dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi 
uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat 
muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning “Al­qonun 
fit-tib”­ asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to 
XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida 
foydalanilgan. 
Abu Rayhon Beruniy. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin