Sulton Husayn hukmronligi davrida Alisher Navoiy mam-
la
katda markazlashgan saltanat vujudga kelishi, viloyat
lar
obod etilishi, qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda hunar-
mandchilik va savdoning kengayib taraqqiy qilishi yo‘lida
xizmat ko‘rsatdi. Alisher Navoiy adabiyot, san’at va ilm-
ma’rifatning ravnaqi, aholining tinch va osoyishta istiqomat
qilishi tarafdori edi.
Lekin Sulton Husayn davlati Alisher kutganicha taraqqiy
etmaydi. Suyurg‘ol tartibiga asoslangan bu davlatda, bir
tomondan, viloyat hukmdorlari, hatto toj-u taxt valiahdlari
Badiuzzamon va
Muzaffar Husayn Mirzoisyonlari yuz
beradi. Ikkinchi tomondan, zulm oqibatida Hirot va uning
viloyatlarida xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi. Uchinchidan,
o‘z manfaatlarini ko‘zlagan ochko‘z saroy ma’murlari fitna
va fasodni avj oldirib, uning botqog‘iga Sulton Husaynni
ham botiradilar. Bunday ahvol, shubhasiz, bosh vazirlik
vazifasida turgan dono Navoiyning saroydan, hatto poytaxtdan
uzoqlashishiga olib keladi.
Shunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmidagi beqaror
siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi.
1. Padarkush Abdullatifning taqdiri nima bilan tugadi?
2. Sulton Abu Said qanday yo‘l bilan Movarounnahrda hoki-
miyatni egalladi?
3. Xurosondagi vaziyat qanday edi?
4. Sulton Abu Said Hirot taxtini qachon, qanday egallaydi, u
qay si jangda halok bo‘ladi?
5. Movarounnahr tinchligi yo‘lida Xoja Ubaydulloh Ahrorning
xizmati nimada?
6. Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy haqida nimalarni
bilib oldingiz?
141
38-§. IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT VA BUNYODKORLIK