16
Xoqonlikning bo‘linishi.
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar
ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilganlar. Turk
xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hududlardagi
hokimlar mustaqil
bo‘lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam
mar kazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali
bosh qaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan.
Buning ustiga,
Vizantiya, Xitoy va eron bilan doimiy
raqobat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda,
Turk xoqonligi
VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga:
Sharqiy turk xoqonligi va
G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib
ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog‘lari
sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hudud, ya’ni
Janubiy
Sibir, Urxun havzasi (Mo‘g‘uliston),
Shimoliy Xitoy Sharqiy
Dostları ilə paylaş: