O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Tarobiy, Amir Temur



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Tarobiy, Amir Temur kabi 
vatan parvarlarning jasorati bilan tanishasiz.
Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘troq o‘zbeklar, tojik, 
qirg‘iz, qozoq, qora qalpoq va turkmanlar yashab kelgan. Shu 
boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik jihatdan yaqin bo‘l-
gan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib 
uyg‘un lashgan. Ular ko‘p hollarda yagona davlatning umumiy 
fuqarosi bo‘lib yashaganlar, el-yurtni obod etishda faol ishtirok 
etganlar.


5
Darslikda berilgan voqealar bilan tanishib borar ekansiz, 
xalqimiz doimo bunyodkorlikka, ilm va ma’rifatga intilib 
yashaganini bilib olasiz. Ilm va ma’rifatga intilish orqa-
ligina komillikka erishish mumkinligini tushunasiz. Komil lik 
esa tinimsiz mehnat talab qiladi. Siz o‘z ustingizda tinim 
siz 
ishlashingiz, bilimlaringizni yanada mustahkamlab, orttirib 
borishingiz orqali vatanparvarligingizni namoyon qilasiz. Bu 
esa Sizning ma’naviy jasoratingiz bo‘lib qoladi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning quyidagi fikrlarini o‘qing va undagi “...o‘zimiz 
ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z 
hissamizni qo‘shaylik!” degan fikrlariga munosabatingizni 
bildiring. Siz qanday hissa qo‘sha olasiz?
“Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doi 
mo: 
“Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘u rur lanishimiz kerak”, 
deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, 
kelinglar, o‘zimiz ham, xud di ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z 
hissamizni qo‘shaylik!” deb takrorlayman”.
2. eslab ko‘ring-chi, qadimgi davrda O‘zbekiston hududida 
qan day davlatlar bo‘lgan?
3. Matnda keltirilgan “...mazkur hudud aholisining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti rivo 
jiga ta’sir ko‘r-
satgan” jumlasida qanday ta’sirlar haqida gap ketmoqda? 
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ta’sir deganda nimani 
tushunasiz?

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin