11
nomlar eftallar shohi
“Eftalon”, ba’zi manbalarda
“Vax-
shunvar”dan olingan.
eftallar V asr boshlarida O‘rta
Osiyo hududiga Sharqdan
kirib kelganlar. eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro
yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga
O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston,
Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan.
eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish
maqsadida 456-yilda
Xitoyga elchi yuborgan.
eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan
sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi.
484-yilda eftallarga
qarshi bo‘lgan urush sosoniylar shohi Pero‘zning halokati
bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgan
sosoniylar ularga kumush hisobida
belgilangan bojni uzluksiz
to‘lab turganlar.
eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan
bosh
qa rilgan. Taxt otadan bolaga qolmay,
shu suloladan
kim lo yiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab
taq dim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash su-
lo
la
ning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li
a’yonlaridan ibo rat bo‘lgan. Viloyatlarda boshqaruv
mahalliy
xonadonlar (sulo lalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar
hukmdor –
Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan.
Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb
etgan.
Dostları ilə paylaş: