89
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd
etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni
natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon,
o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib,
o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik
asarlarda bu madaniyat
“Qovunchi madaniyati” nomini olgan.
Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga
kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi
tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos
antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruh-
lar –
kushonlar, xioniylar, kidariylar va
eftallardir.
Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi davrida
O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib
o‘t
roq
lashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy
elat
lar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy
mu
no
sabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy
yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan ja dal
uyg‘unlashuvi yuz berdi.
VII asrdan o‘lkamiz
“Turkiston”
nomi bilan atala boshlangan.
Dostları ilə paylaş: