O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Chig‘atoy soliqlarni tartibga solish islohotida 1238-yil



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Chig‘atoy soliqlarni tartibga solish islohotida 1238-yilda 
Mahmud Yalavochni noiblikdan chetlatishga majbur bo‘ldi. 
Uning o‘g‘li Ma’sudbek noib etib tayinlandi. Ulug‘ xoqon 
O‘qtoy Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib 
tayinlaydi.
1. Jahon tarixidan olgan bilimlaringizga asoslanib ayting-chi
Chin gizxon zabt etilgan o‘lkalarni qanday taqsimladi?
2. Chig‘atoy ulusi qachon va qayerda tashkil topdi?
3. Mo‘g‘ullar qanday soliqlarni joriy etdilar?
4. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni qachon va qanday boshlandi?
5. Qanday sabablar Torobiy qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatiga sa-
bab bo‘ldi?


85
Quyidagi jadvalni mavzuga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Chig‘atoy 
ulusi
Hududi 
Soliq 
turlari
Mahmud Torobiy 
qo‘zg‘olonining 
sababi
24-§. IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: pul islohoti, yer egaligi, Chig‘atoy 
ulusining bo‘linishi, madaniy hayot.
Ulug‘ xoqon farmoni.
XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulu-
si ning mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troqlikka ko‘chish, sha-
har hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy mada-
niyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo‘g‘ulistonning 
ulug‘ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish 
to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi. Yomlar bo‘ylab 
pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan 
ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga, 
qo‘llarida bevosita topshiriqlari bo‘lmasa, shahar yoki qish-
loqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan 
ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. 
Shu tariqa aholi o‘zboshimchalik bilan yig‘ib olinadigan 
hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin