“O`zbekiston tarixi” kafedrasi “O`zbekiston tarixi” fanidan


 O‘rta Osiyo xalo‘lari arablar istilosi va



Yüklə 245,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü245,09 Kb.
#45637
1   2   3   4   5
ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (1)

3. O‘rta Osiyo xalo‘lari arablar istilosi va 

hukmronligi davrida. 

 

O‘rta  asrlar  dunyosida  juda  katta  iz  qoldirgan,  Mag‘rib  va  Mashriqning 



ko‘plab  davlatlarini  o‘ziga  bo‘ysundirib,  qudratli  saltanat  darajasiga  ko‘tarilgan 

Arab  xalifaligi  o‘zining  ijtimoiy-  tadrijiy  taraqqiyoti  davomida  murakkab, 

ziddiyatili  tarixiy  jarayonlarni  bosib  o‘tgan.  Eng  muhimi,  uning  vujudga  kelishi 

rivojlanish  sari  yo‘l  tutishi  ham  g‘oyatda  ziddiyatli  alg‘ov-dalg‘ovli  kechgan. 

Buning boisi shuki VI asrning o‘rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan 

qabila,  urug‘larning  hayot  tarzi  qoloq  bo‘lib,  ularning  mutlaq  ko‘pchiligida 

ibtidoiy-patriarxal  tuzum  munosabatlari  hukm  surgan.  Ko‘chmanchi  badaviy 

oilalari,  urug‘lari  o‘z  chorva  mollari  uchun  er-suv,  o‘tloq  qidirib  keng  sahrolarni 

kezib  yurganlar.  Faqatgina  yarim  orolning  Qizil  dengizga  tutash  Hijoz  vohasi  va 

janubiy  Yamanda    ahvol  birmuncha  boshqacharoq  bo‘lib,  bu  hududlarda  arab 

qabilalari asosan o‘troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ancha rivoj 

topgan  edi.  Ayniqsa  Hijozning  bosh  shahri  -  Makka  xalqaro  karvon  savdosining 

muhim  markazi  hisoblangan.  Makkalik  quraysh  qabilasi  savdogarlarining  turli 

mintaqalar  bilan  bog‘langanligi,  savdo-tijorat  va  hunarmandchilik  ishlarining 

kuchayib  borishi    pirovardida  bu  hududning  har  jihatdan  mavqeini  ko‘taribgina 

qolmay,  shu  bilan  birga  uning  tarqoq  qabila,  urug‘larini  birlashtirish, 

markazlashgan  kuchli  davlat  tuzishdagi  etakchilik  o‘rnini  ham  tayin  qilib  bergan. 

Xususan  Makka  aholisi  tevaragida  ko‘chmanchi  arab  qabilalarining  birlashuvi 

jarayoniga  turtki  bergan  yana  bir  muhim  omil-bu  shu  erlik    quraysh  qabilasining 

hoshimiylar urug‘idan chiqqan payg‘ambarimiz Muhammad Alayhi vassalam nomi 

bilan  paydo  bo‘lib,  keng  yoyila  boshlagan  islom  dini  va  ta’limoti  bo‘ldi.  Gap  

shundaki,  o‘zida  yakka  xudolilik  g‘oyasini  mujassamlashtirgan,  xalqlarni  birlik, 

ahillik, birodarlik, hamjihatlik, o‘zaro mehr-muruvvatlik, do‘stlik singari olijanob 

fazilatlarga da’vat  etuvchi  islom  g‘oyalari  har  qanday  to‘siqlarni, qiyinchiliklarni 

bartarf  etib,  turli-tuman  arab  qabila-qavmlari  ongi,  qalbiga  yo‘l  topib,  ularni 

o‘zining  yashil  bayrog‘i  ostiga  birlashtira  bordi.  Muhammad  ibn  Abdulloh  (570-

632)  hayotining  oxirlariga  kelib  ko‘p  sonli  arab  qabilalarining  islom  bayrog‘i 

ostida  birlashuvi  negizida  Arab  xalifaligiga  asos  solindi.  Bu  davlatning  qudrati 

Payg‘ambarimiz noiblari-choriyorlari - Abu Bakr Siddiq (632-634), Hazrati Umar 

(634-644),  Hazrati  Usmon  (644-656)  va  Hazrat  Ali  ibn  Abu  Tolib  (656-661) 




davrida  yanada  ortib,  hududiy  chegaralari  kengaya  bordi.  Xalifalik  tarkibiga  

Shom, Iroq, Yaman va boshqa hududlar qo‘shib olindi. Ummaviylar davrida (661-

750)  Arab  xalifaligi  hukmronligi  shu  qadar  katta  hududlarga  yoyildiki,  uning 

tarkibiga    G‘arbda  Misr,  shimoliy  Afrika  erlari,  Andaluziya    (hozirgi  Ispaniya), 

shimoli    sharqda  Kichik  Osiyoning  katta  qismi,  Eron  va  O‘rta  Osiyo,  shimoliy-

g‘arbiy Hind sarhadlari kirar edi. 

Arab 

xalifaligining 



istilochilik 

yurishlarida 

O‘rta                                                                                       

Osiyo  erlarini  bosib  olish  va  uning  xalqlarini  itoatga  keltirish,  bu  hududda  islom 

dinini yoyish alohida o‘rin tutadi. Negaki bizning o‘lkamizdek boy-badavlat yurtni 

qo‘lga  kiritish,  unga  hukmronlik  qilish,  behisob  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni 

tasarruf  etish-bu  arab  hukmron  doiralarining  eng  asosiy  istilochilik  maqsadlari 

bo‘lgan. VII asr o‘rtalariga kelib Eron hududlari egallangach, endilikda  xalifalik 

e’tibori  Xuroson va O‘rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. Bunda Vatanimiz 

sarhadlarida  arablar  istilosi  jarayoni  ikki  bosqichda  amalga  oshirilganligini 

ta’kidlab  o‘tmoq  joizdir.  Uning  birinchi  bosqichi  -  VII  asrning  ikkinchi  yarmiga 

to‘g‘ri kelib, bu davrda ayrim  arab lashkarboshlari  qo‘shini  Amudaryo  atrofidagi 

hududlarga  bir  necha  bor  hujumlar  uyushtirib,  bu  erlarning  boyliklarini  talab, 

ma’lum  o‘ljalarni  qo‘lga  kiritib,  ortga  qaytganligini  kuzatish  mumkin.  Bundan 

ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad-  bu  hududlarni  yaqin  kelajakda  bosib  olishga 

tayyorgarlik    ko‘rish  bo‘lgan.  Masalan,  arab  lashkarboshlari  Ziyod  bin  Abu 

So‘fiyonning  666  yilda  Marvga  yurishi,  670  yilda  uning  o‘g‘li  Ubaydulla  ibn 

Ziyodning  Amudan  o‘tib  Boykand,  Romiton  erlarini  egallashi,  so‘ngra    Buxoro 

hukmdorini  engib  o‘z  foydasiga  sulx  tuzib,  katta  xazina,  boyliklarni    qo‘lga 

kiritishi  va  nihoyat,  675-676  yillarda  Said  ibn  Usmonning  yangidan  Buxoro  va 

Samarqand  tomon  qo‘shin  tortib  kelishi  va  mahalliy    hukmdorlarni  engib,  katta 

boylik  va  ko‘p  sonli  asirlar  bilan  Arabistonga  qaytib  ketishi-bular  O‘rta  Osiyo 

hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. 

O‘lkamizni  bosib  olishning  ikkinchi,  hal  qiluvchi  bosqichi                  VIII  asrning 

birinchi  choragiga  to‘g‘ri  keladi.  Xususan,  704  yilda  Qutayba  ibn  Muslimning 

Xuroson  noibi  etib  tayinlanishi  bilan  uning  zimmasiga  butun  O‘rta  Osiyo 

hududlarini  uzil-kesil  bosib  olish  vazifasi  yuklanadi.  Iste’dodli  lashkarboshi 

Qutayba  katta  tayyorgarlik  ko‘rgandan  so‘ng  706  yilda  Jayxun  (Amudaryo)dan 

o‘tib  Boykandni  egallash  sari  harakatlanadi.  Arablar    mahalliy    xalq  qarshiligini 

engib  shaharni  qo‘lga  kiritadilar,  uning  boyliklarini  talaydilar.  O‘lja  olingan 

boyliklar  tortib  ko‘rilganda  ularning  og‘irligi  150  ming  misqol  (bir  misqol-

4,240gr)  chiqadi.  707  yilga  kelib  Kesh,  Naxshab  ham  og‘ir  janglar  bilan  fath 

etiladi.  708-709  yillarda  Qutayba  qo‘shini  Vardanze,  Romiton  va  So‘g‘d  erlarini 

ishg‘ol  qiladi.  G‘oyatda  usta  diplomat  va  mohir  sarkarda  sanalgan  Qutayba 

mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, bu hududlarni 

birin-ketin  egallaydi.  So‘g‘dning  bosh  shahri  -  Samarqand  bosib  olingach,  qo‘lga 

kiritilgan oltin butlar va xazinalarning umumiy og‘irligi 50 ming misqolni tashkil 

etgan.  Samarqand hokimi G‘urak (709-738) bilan tuzilgan Shartnomaga binan u 

arablarga  yiliga 2200000 dirxam tovon to‘lashi, 30 ming baquvvat yigitlarni qul 

o‘rnida    berishi  ko‘zda  tutilgan  edi.  Buning  ustiga  Samarqandning  eng  gavjum 

mavzesi -  Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning 



tub  aholisi  esa  o‘z  joyidan  mahrum  etiladi.  Samarqanddan  so‘ng  arab  lashkari 

Buxoroni  bosib  olib  uning  boyliklarini  talaydi.  Biroq  Qutayba  tobe  Buxoroni 

boshqarishni  Buxoro  xukmdori  Xotun  podshoning  o‘g‘li  Tog‘shoda  izmida 

qoldiradi.  Qutayba  ibn  Muslim  711-715  yillarda  Toshkent,  Xo‘jand,  sharqiy 

Turkiston  erlarini  bosib  olib,  bu  erlarda  ham  o‘z  hukmronligini  o‘rnatadi.  Shu 

tariqa, arablar Movarounnahr (daryo orti) deb nom bergan O‘rta Osiyo hududlari 

VIII  asrning  dastlabki  o‘n  yilliklari  davomida  bosib  olindi.    Arablar  istilochilar 

sifatida  bu  hududda  mahalliy  aholiga  nisbatan  mislsiz  zulm  va  zo‘ravonlik 

o‘tkazdilar.  Xalq  tomonidan  asrlar  davomida  yaratilgan  noyob  moddiy  va 

ma’naviy  boyliklar,  asori  atiqalar  talandi,  yakson  qilindi.  Mahalliy  yozuvlarda 

bitilgan nodir kitoblar, qo‘l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm  dinining 

ko‘plab  ibodatxonalari,  muqaddas  qadam  jolari  kunpaya-  kun  etildi.  Ulug‘ 

bobokalonimiz  Beruniy  o‘zining  «O‘tmish  ajdodlardan  qolgan  yodgorliklar» 

asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot 

namoyandalarini,  olimlarni  o‘ldirdilar,  asarlarini  esa  olovda  yondirdilar.  So‘ngra 

ular  ajdodlarimizning    bebaho  boyligi  hisoblangan    mahalliy  yozuvlar,  tarixiy 

hujjatlarni yo‘q qildilar. Musulmonchilik diniga,  islom aqidalariga zid keladigan  

jamiki  narsalar  ularning  nazarida  g‘ayritabiiy  hol  hisoblanib,  ular  ayovsiz  yo‘q 

qilindi. Bularning o‘rniga arablar aholidan olingan mo‘may daromadlar, to‘lovlar 

evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib 

odamlarni ularga da’vat etdilar.  Yurtimiz jilovini qo‘lga olgan arab  hukmdorlari 

xalqqa  zulmu,  asoratni  kuchaytirish  maqsadida  turli  xil  soliq,  o‘lponlarni  joriy 

etdilar. 

Arab  xalifaligi  xazinasiga  to‘lanishi  majburiy  bo‘lgan  markazlashtirilgan 

soliq turlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: 

- xiroj, daromadning uchdan bir qismi miqdorida yig‘ilgan; 

- ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi miqdorida olingan; 

- juzya-jon solig‘i, oziq-ovqat, xomashyo yoki pul hisobida yig‘ilgan; 

-  zakot,  mol-mulkning  2,5  foizi  miqdorida  olingan.  Aholidan  olinadigan 

markazlashgan  soliqlar  hajmi  daromadning  qariyb  yarmini  tashkil  etardi.  Bundan 

tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va majburiyatlar ham yuklatilgan. IX 

asr  arab  tarixchisi  Xo‘rdodbehning  ko‘rsatishicha,  xalifalikka  faqat  xiroj  solig‘i 

hisobiga  So‘g‘d  viloyati  326  ming,  Farg‘ona  280  ming,  Shosh  607  ming, 

Ustrushon  50  ming  dirham  to‘lagan.  Buxoro  va  Samarqandga  belgilangan  xiroj 

solig‘i miqdori bulardan ham ko‘p bo‘lgan, albatta. Shu boisdan istilochilar «kuch 

xirojda»  deganlar.  Mahalliy  aholi  ko‘zda  tutilgan  bu  soliqlarni  muntazam  to‘lab 

borishga majbur etilgan.  Bordiyu bunga qurbi etmasa o‘sha shaxsning eri, mulki 

tortib  olinib,  oilasi  bilan  ko‘chaga  uloqtirilgan.  Arablar  dastlab  juz’ya  solig‘ini 

musulmon  diniga  kirmagan  odamlarga  joriy  etganlar.  Biroq  keyinchalik  hamma 

islomga  kira  boshlagach,  bu  soliq  yana  barcha  erli  aholiga  bab-baravar  solina 

bergan. Ayniqsa o‘lka aholisini islomlashtirish jarayoni g‘oyat murakkab kechgan. 

Arab  ma’murlari  bu  sohada  ko‘p  hollarda  zo‘rlik,  zo‘ravonlik  va  kuch  ishlatish 

yo‘li  bilan  mahalliy  xalq  vakillarini,  islomni  qabul  qilishga  undaganlar.  Bunga 

ko‘nmaganlar  yoxud  bosh  tortganlar  esa  shafqatsiz  jazolangan.  Ko‘p  joylarda 

mahalliy  kishilar  noilojlikdan,  qiyin-qistov  asosida  musulmonchilikni  majburan  



qabul  etgan  bo‘lsalar-da,  biroq  arablar  ko‘zdan  nari  ketishi  bilan  ular  yana  bu 

dindan  qaytib o‘zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. 

Hatto  arablar  ishonchini  qozonib  musulmon  dinini  tantanovor  qabul  qilgan 

Buxorxudot  Tog‘shoda  ham  islom  dinini    xo‘ja  ko‘rsinga  yuzaki  qabul  qilgan 

bo‘lib,  aslida  zardushtiylik  ahkomlariga  amal  qilgan.  U  vafot  etganda  ham 

ajdodlari diniy marosimlarga   ko‘ra dafn etilgan. Bundan ko‘rinadiki, islom dini 

va  uning  ruknlarining  mahalliy  xalq  orasida  yoyilishi  nihoyatda  qiyin,  murakkab 

kechgan. 

Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo‘ravonlik va mustamlakachilik 

siyosati, shubhasiz, erli aholining turli ijtimoiy qatlamlarining keskin norozililgiga 

sabab  bo‘ldi.  Buning  natijasida  arablar  hukmronligi  davomida  o‘lkaning  turli 

hududlarida  xalq  g‘alayonlari  yuzaga  kelib,  alangalanib  bordi.  720-722  yillarda 

So‘g‘diyonada yuz bergan G‘o‘rak (Samarqand hukmdori) va Divashti (Panjikent 

hokimi)  boshchiligidagi  qo‘zg‘olon  arablar  hukmronlikligiga  qarshi  yo‘nalgan 

dastlabki  shiddatli  xalq  harakatlaridan  biri  bo‘lgan.  Unda  arablar  siyosati  va 

zulmidan  g‘azabga  kelgan  o‘n  minglab  mahalliy  xalq  vakillari  ishtirok  etgan. 

Xurosonning  yangi  tayinlangan  va  zolimligi  bilan  nom  chiqargan  noibi  Al-

Xoroshiy,  uning  lashkarboshisi  Mussayyob  ibn  Bashir  Ar  Riyohiylar  katta 

muntazam  harbiy  kuch  bilan  mazkur  qo‘zg‘olonni  shafqatsizlik  bilan  bostirishga 

muvaffaq  bo‘ladilar.  Qo‘zg‘olon    rahbarlaridan  biri    Divashti  ham  ushlanib  qatl 

etiladi.  725-729  yillar  davomida  xalifalikning  og‘ir  soliq  siyosatiga  qarshi 

Samarqand,  Buxoro,  Xuttalon  viloyatlarida  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olonlar  ham  xalq 

ozodlik  kurashida  sezilarli  iz  qoldirdi.  Qo‘zg‘olonchilarning  ancha  qismi    arab 

ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dininidan  chiqadilar. Kesh atrofida 

yuz  bergan  mahalliy  aholining  arablar  bilan  to‘qnashuvi  rostmona  jangu  jadal 

tusini  olgan. 736-737  yillarda  Tohariston  va  Sug‘dda  yangidan  ko‘tarilgan  kuchli 

qo‘zg‘olon  o‘z  safiga  aholining  turli  ijtimoiy  qatlamlarini  jalb  etgandi.  Faqat 

Xuroson  va  Movarounnahrning    yangi  xukmdori,  usta  diplomat,  o‘tkir  siyosatchi 

Nasr  ibn  Sayyor  (738-748)ning  uddaburon  siyosati,  nizoli  masalalarni  xal  etish 

borasidagi  epchil  tadbirlari  tufayligina  qo‘zg‘olon  harakatlarini  bartaraf  etish, 

o‘lkada  muvozanatni  saqlash  mumkin  bo‘ldi.  Bunda  u  mahalliy  aholiga,  ayniqsa 

uning  nufuzli  qatlamiga  muayyan  yon  berishga  majbur  bo‘ldi.  Jumladan,  u 

arablarning  mahalliy  aholi  bilan  qon-qardoshlik  aloqalarini  kuchaytirishga  intildi. 

O‘zi ham Buxorxudot Tog‘shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar 

juzyadan  ozod  etiladi  va  barcha  musulmonlar  huquqiy  jihatdan  tenglashtirildi. 

Xiroj solig‘i to‘lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi. 

Muqanna  qo‘zg‘oloni.  Vatanimiz  xalqlarinig  arablar  asoratiga  qarshi  olib  borgan 

kurashi  tarixida  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  qo‘zg‘olon  o‘zining  maqsad,  vazifalari, 

yo‘nalishi,  jug‘rofiy  ko‘lami  va  ommaviyligi  bilan  keskin  farqlanib  turadi.  Gap 

shundaki,  qo‘zg‘olon  shunday  bir  paytda  boshlanib,  keng  hududiy  chegaralarni 

qamrab, aholining yangi-yangi qatlamlarini o‘ziga jalb etib bordiki, uning quddratli 

oqimi, na’rasi ajnabiy hukmdorlarni ham sarosimaga solib qo‘ydi. Ular joriy etgan 

tuzum  va  tartiblarni  qaqshatishga  olib  keldi.  Tarixda  «oq  kiyimlilar»  nomi  bilan 

mashhur  bo‘lgan  bu  qo‘zg‘olonga  o‘z  zamonasining  har  tomonlama  etuk  kishisi, 

xalq  dardi,  qayg‘usi  va  maqsadlarini  chuqur  tushungan,  asl  ismi  Hoshim  ibn 



Hakim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan 

buyuk  shaxs  rahnamo  bo‘ldi.  776  yilda  Marvda  boshlangan  xalq  qo‘zg‘oloniga 

qadar  ham  Muqanna  hayotning  katta  mashaqqatli  yo‘lini  bosib  o‘tgan,  oddiy  kir 

yuvuvchidan  vazirlik  darajasiga  ko‘tarilgan  (757-759),  ummaviylar  sulolasi 

inqiroziga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Abu  Muslim qo‘zg‘olonida faol ishtirok etgan, 

ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan taniqli siymo 

bo‘lgan.  Shuning  uchun  ham  uning  yangidan  xalq  kurashiga  bosh  bo‘lishi  bu 

harakatning  keng  quloch  yozishiga,  uzoq  muddat  davom  etishiga  (14  yil)  sabab 

bo‘libgina  qolmay,  ayni  chog‘da  arab  hukmron  doiralari  uchun  ham  kutilmagan 

oqibatlarni  vujudga  keltirib,  ularga  katta  hayotiy  saboqlar  berdi.  Qo‘zg‘olon 

Marvda  boshlangan  bo‘lsa-da,  u  tez  orada  Movarounnahrning  keng  hududlariga 

yoyildi.  Muqanna  qo‘zg‘oloni  davomida  Samarqand,  Buxoro,  Naxshobu,  Kesh 

hudulari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg‘ona 

vodiysining ko‘p sonli xalqi ham quvvatlab chiqdi. Qo‘zg‘olonning bosh g‘oyasi - 

Vatanimiz  xalqlari,  ularning  asl  farzandlarining  muqaddas  yurtni  ajnabiy 

hukmronlardan  ozod  qilish,  uning  mustaqilligini  kurashib  qo‘lga  kiritish  g‘oyasi 

to‘la kuch bilan namoyon bo‘ladi. Mana shu yuksak vatanparvarlik, yurtparvarlik 

tuyg‘usi  qo‘zg‘olonchilarga  hayotiy  ruh,  ma’naviy  madad  bag‘ishlagan,  ularning 

uzoq  vaqt  davomida  arablarning  katta  harbiy  kuchlari  bilan  jon  berib,  jon  olishib 

kurash olib borishiga,  mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo‘lgan. Biroq shu bilan 

birga qo‘zg‘olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug‘vor 

g‘oyaga  sodiq  bo‘lgan,  unga  oxirigacha  amal    qilgan,  deb  xulosa    chiqarib 

bo‘lmaydi,  albatta.  Negaki  qo‘zg‘olon  kuchaygan  kezlarda  undan  o‘z  xudbin 

maqsadlari yo‘lida foydalanishni ko‘zlab xalq kurashiga qo‘shilgan yuqori tabaqa 

namoyandalari ham bo‘lgan. Ular keyinchalik qo‘zg‘olon pasayishi va mag‘lubiyat 

sari  yuz  tutgan  kezda  darhol  xiyonat  yo‘lini  tutib,  ajnabiylar  bilan  til  topib, 

ularning tomoniga o‘tib ketganligi faktdir. Ammo bunday istisnolardan qat’i nazar, 

bir  necha  yillar  davom  etgan  «Oq  kiyimlilar»  qo‘zg‘oloni  yurtimizning  ozodlik 

kurashi  tarixida  katta  dovrug‘  taratdi,  arab  bosqinchilarini  larzaga  soldi,  ularga 

sezilari zarbalar berdi. Qo‘zg‘olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh 

bo‘lgan  Hakim  ibn  Ahmad,  Xishriy  va  Bog‘iy,  Girdak,  So‘g‘diyon  degan  xalq 

qahramonlarini ham etishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar 

bosqinchilarga  qarshi  mardonavor  kurashdilar.    780-783  yilar  qo‘zg‘olon 

harakatlari  so‘nggi  hal  qiluvchi  pallaga  kiradi.  Bu  davrda  Muqanna  kuchlari  

Qashqadaryoning  Kesh  vohasida  to‘plangan  edi.  Qo‘zg‘olonning  bosh  tayanch 

nuqtasi-Som  qishlog‘i  ham  shu  joyda  bo‘lgan.  Albatta,  bu  vaqtga  kelib  xalifalik 

qo‘shinlari katta ustunlikka ega bo‘lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini 

o‘z  tomoniga  jalb  etib,  qo‘zg‘olonchilarni  tabora  siqib  borayotgan  edi.  Muqanna 

Somda  mustahkamlanib,  o‘z  tarafdorlari  bilan  so‘nggi  nafasigacha  kurashdi. 

Pirovardida  esa  dushman  qo‘lida    mag‘lub  bo‘lmay,  o‘zini  yonib  turgan  olovga 

otib, qahramonlarga halok bo‘ladi. Bu voqea Beruniy ma’lumotiga ko‘ra 785 yilda 

sodir bo‘lgan. Garchand Muqanna qo‘zg‘oloni engilgan bo‘lsa-da, biroq u buyuk 

xalq  qudratini,  agar    u  birlashsa,  uyushsa  nimalarga  qodirligini  namoyon  etdi. 

Qo‘zg‘olon  ayni  chog‘da  xalifalikning  Movarounnahrdagi  mustamlakachilik  va 

bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligi davomini shubha ostiga 



solib qo‘ydi. Eng  muhimi, u erk, hurlik va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz 

kishilarida  vatanparvarlik tuygusini jo‘sh urdirdi, ularni ajnabiy zolimlarga qarshi 

yanada  shiddatkorlik  bilan kurash olib borishga da’vat  etdi.  Buning samarasi esa 

IX  asrning  boshlariga  kelib  yurtimiz  ustidan  xalifalik  hukmronligining  uzil-kesil 

ag‘darilishi  va  bir  qator  mustaqil  milliy  davlatlarning  yuzaga  kelishida    to‘la 

namoyon bo‘ldi. 

Arablar    istilosi  va  hukmronligi  Vatanimiz  hududida  qanchalik  murakkab  

ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lmasin, shu bilan birlikda yakkaxudolik 

g‘oyasi,  ilg‘or  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy  qarashlarni  o‘zida  mujassam  etgan  islom 

dini  va  ta’limotining  o‘lkamizda  asta-sekin  ildiz  otib  borishi  ulug‘  ajdodlarimiz 

hayoti  va  tafakkurida  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Butun  arab  dunyosini 

birlashtirish, uning ma’naviy qudratini kuchaytirishda etakchi omil rolini o‘ynagan 

islom  dini  va  uning  muqaddas    kitobi-Qur’oni  karim  g‘oyalari  va  oyatlarining 

mahalliy  xalqlarning ongi, shuuriga singib,  ularning turmush  va fikrlash tarzining 

ajralmas  bir  qismiga  aylanib    borishi,  shubhasiz,  ularning  ma’naviy  olamiga 

hayotbaxsh  ta’sir    ko‘rsatdi  hamda  yuksak  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat 

namunalarini ijod  qilib borishlarida  yangi  ufqlar ochib  berdi. Buning  asosiy  boisi 

shundaki,  Allohning  yagonaligiga  imon  keltirish,  uning  yuksak  insonparvarlik 

g‘oyalariga, olijanab shaxsiy fazilatlarga ishonch va e’tiqod-bular yurt kishilarida 

bir-birlarini  quvvatlash,  birlashish,  o‘zlarini  yagona  makonda  his  qilish,  o‘zaro 

hamkorlikda, keng sa’y-harakatlarda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirib bordi. Negaki, 

islom  ta’limoti,  Qur’oni  karim  g‘oyalari  negizida  tarkib  topgan  musulmonchilik 

ahkomlari  va  ruknlarining  o‘lkamizga  yoyilishi  islomni  qabul  qilgan 

o‘tmishdoshlarimizning  Alloh  buyurgan  olijanob  amallarga  rioya  etib,  ruhiy-

ma’naviy poklanish sari harakatlanishi, shubhasiz, jamiyat hayoti va uning asosiy 

tamoyillarining  sog‘lom  negizlarda  rivojlanib,  takomilashib  borishiga  sezilarli 

ijobiy  ta’sir  ko‘rsatdi.  Shu  ma’noda  Yurtboshimiz:  «Biz  ota-bobolarimizning 

muqaddas  dini  bo‘lgan  islom  dinini  qadrlaymiz,  hurmat  qilamiz,  odamzod  ruhiy  

dunyosida  iymon-  e’iqodni,  insoniy  fazilatlarni  mustahkamlashda  uning  o‘rni  va 

ta’sirini  yuksak  baholaymiz»

1

  deb    ta’kidlaganligi  bejiz  emasdir.  Zero,  o‘lkaning  



ma’naviy  yuksalishini  ta’minlash,  odamlarning  bir-biriga  qon-qardoshligi, 

hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil bo‘lgan asriy bebaho qadriyatlarimizni 

o‘zida  mujassam  etgan    islomiy  ahkomlarning  bugunda  ham  hayotimizda  o‘z 

munosib  o‘rnini  topayotganligi  islomning  jamiyat  taraqqiyotidagi    muhim  omil 

ekanligidan dalolat beradi. 


Yüklə 245,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin