“O`zbekiston tarixi” kafedrasi “O`zbekiston tarixi” fanidan



Yüklə 245,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü245,09 Kb.
#45637
1   2   3   4   5
ilk orta asrlarda ozbek davlatchiligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (1)

va madaniy hayot. 

 

Eftaliylar,  ularning  etnik  tarkibi,  davlat    tashkil  etishlari  xususida  tarixiy 



manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV 

asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar 

Parbskiy  (V  asr),  Favst  Buzand  (IV  asr),  xitoy  solnomalaridan  Bey-shi  (VI  asr) 

bergan  ma’lumotlar  shular  jumlasidandir.  Masalan,  eftaliylar  Xitoy  manbalarida 

«i-da»,  «e-da»,  armanlarda  idal,  xeptal,  arablarda  haytal,  Suriya  va  lotin 

manbalarida  eptal,  abdal  deb  nomlanadi.  Bunday  turlicha  atamalar  har  bir  til  va 

yozuvning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan.  Rus  va  Vizantiya 

tarixchilarining  aksariyati  eftaliylarni  turkiy  qabila-massagetlarning  so‘nggi 

bo‘g‘inidan  kelib  chiqqan  deb  fikr  bildiradilar.  Muqaddas  «Avesto»da  esa  ular 

tatlar    nomi  bilan  tilga  olinadi.  F.Vizantiyskiy  esa  eftallar  nomini  V  asrning 

ikkinchi  yarmida  podshohlik  qilgan  Vaxshunvor  Eftalon  nomi  bilan  bog‘laydi. 

Biroq  nima  bo‘lganda  ham  shu  narsa  faktki,  eftaliylar  Turkiston  mintaqasida 

yashab kelgan turkiy qavmlardandir. 

Eftaliylar  hukmdori  Vaxshunvor  Eftalon  457  yilda  Chag‘aniyon  (hozirgi  Surxon 

erlari)  va  Badaxshonni  o‘ziga  bo‘ysundiradi.  So‘ngra  Eftaliylar  Sug‘dda  ham 

mustahkamlanib oladi. Ular ko‘p o‘tmay o‘z hududiy erlarini kengaytirshda davom 

etib, Qobul va Panjob vodiysini, Kuchu, Qashqar va Xo‘tonni (Sharqiy Turkiston) 

zabt  etadilar. Xullas,  ular  avvalda  Kushonlar  saltanati  egallagan  hududlarni birin-




ketin qo‘lga kiritib, O‘rta Osiyoda yirik davlatni barpo etadilar. Eftaliylar bir necha 

bor  o‘zlarining g‘arbiy-janubdagi qo‘shnisi va eng kuchli raqibi  Eron  sosoniylari 

bilan  ham  urushlar  olib  boradilar.  Xususan  Eron  shohi  Peroz  bilan  bo‘lgan 

urushlarda  ularning  qo‘li  baland  kelib,  Eron  hukmdori  ikki  bor  asirlikka  tushadi. 

Katta  to‘lov  va  majburiyatlar  evaziga  arang  qutilgan  Peroz  o‘g‘li  Kovadni  uzoq 

muddat eftaliylarga garovga berishga  majbur bo‘ladi. Perozdan so‘ng hokimiyatga 

kelgan  Kovad  (488-551)  davrida  ham  Eron  eftaliylarga    xiroj  to‘lashga  majbur 

bo‘lgan. V asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketdiki, ular  

502-yilda  Vizantiyaga  ham  yurish  qilib  unga  katta  talofat  etkazadilar.  506  yilda 

ikki  o‘rtada  tuzilgan  sulx  shartnomasi  bo‘yicha  eftaliylar  Vizantiyadan  katta 

miqdorda  o‘lja  olib  qaytganlar.  Kovadning  o‘g‘li  Xusrav  I  Anushirvon  ham  554 

yilga qadar  eftaliylarga har yili xiroj to‘lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining 

eftaliylarga  bergan  kuchli  zarbasi  natijasidagina  Eron  eftaliylar  ta’siridan 

qutilishga muvaffaq bo‘lgan. 

Eftaliylar  davrida  davlat  yakka  hukmdor  tomonidan  boshqarilgan,  biroq  taxt 

otadan  bolaga  qolmay,  sulolaning  eng  loyiq  deb  topilgan  kishisiga  berilgan. 

Mamlakatni  markaziy  hokimiyat  noiblar  orqali  idora  etgan.  Davlatni  boshqarish 

qonun-qoidalari bo‘lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan. 

Eftaliylar  davlatida  asta-sekin  erga  egalik  qilish  tartibida  yangicha 

munosabatlar  shakllanib  bordi.  Bu  davrga  kelib  sinfiy  tabaqalanishning  keskin 

kuchayishi orqasida ayrim mulkdorlarning mavqei ko‘tarilib, ular jamoaning oddiy 

a’zolarini o‘z qo‘l ostigi kiritib, mulklarini ular hisobiga kengaytirib borganlar. Bu 

xil  mulkdorlar  dehqonlar  deyilgan.  O‘zining  chek  eridan  ajralib,  dehqonlar 

ta’siriga tushib, ularning erlarida ishlashga majbur bo‘lgan kishilar esa kadivarlar, 

ya’ni  ijaradorlar  deb  atalgan.  Shuningdek  erkin  jamoa  asosida  dehqonchilik 

qiluvchi aholi - kashovarzlar ham mavjud edi. Shu tariqa, kadivarlar boy dehqonlar 

foydasiga  ma’lum  to‘lov  va  majburiyatlar  asosida  ishlab  berganlar.  Shu  bilan 

birlikda  bu  davlatda  hali  patriarxal-qulchilik  munosabatlarining  qoldiqlari  ham 

mavjud edi. Chunonchi, boy dehqonlar mulklarida juda ko‘plab qullar bo‘lganligi, 

ulardan turli yumushlarda foydalanilganligi tarixiy manbalarda tilga olinadi 

Bu  davrda  yangi  tipdagi  ko‘rkam  va  gavjum  shahar-qal’alar  vujudga  keladi. 

Xorazmdagi  Berkutqal’a,  Bozorqal’a,  Toshkentdagi  Oqtepa  shular  jumlasidandir. 

Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qalin paxsa devorlar bilan 

o‘ralgan.  Ularda  hukmron  tabaqa  kishilariga  xos  hashamatli,  bezakli  ark-qasrlar, 

ko‘p xonali binolar bilan  birlikda oddiy fuqarolarga mos  qilib qurilgan odmiroq 

turar  joylar  ham  o‘rin  olgan.  Eftaliylar  poytaxti  Poykand  o‘z  davrining  eng 

ko‘rkam,  obod  shaharlaridan  sanalgan.  Bu  erda  hunarmandchilik,  savdo-sotiq, 

qurilish  ishlari    ancha  rivojlangan.  Shahar  Buyuk  ipak  yo‘lida  joylashganligidan, 

unda  turli  mamlakatlarning  savdo  karvonlari  xilma-xil  mollari  bilan  kelib  savdo 

qilganlar. Buning uchun shaharda ko‘plab bozoru rastalar, karvonsaroylar mavjud 

bo‘lgan.    Mamlakatning  savdo-sotiq  ishlarida  Eronning  tanga  pullari  bilan  bir 

qatorda buxorxudotlar tangasi, Sug‘diy va Xorazm tangalari ham keng muomalada 

yurgan. Eftaliylar Eron, Hindiston,  Xitoy va uzoq Vizantiya davlatlari bilan ham 

qizg‘in  savdo  aloqalarida  bo‘lganlarki,  bu  esa  ularga  foyda,  manfaat  keltiribgina 

qolmay, ayni chog‘da o‘zaro yaqinlashuvlarida ham muhim rol o‘ynagan. 



Eftaliylar  davri  madaniyati  xususida  gap  borganda  shuni  qayd  etish  lozimki,  bu 

paytlarda  o‘lkada  juda  ko‘plab  moddiy  va  ma’naviy  yodgorliklar  bunyod  etiladi. 

Varaxsha    shahri  obidalari,  Termiz  yaqinidagi    Bolaliktepadan  topilgan  saroy, 

uning  devorlariga  ishlangan  betakror  tasvirlar,  o‘ymakorlik  va  ganjkorlik 

namunalari - bular ajdodlarimiz badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. 

Bu  davrning  moddiy  madaniyatiga oid  yodgorlik  sifatida  Xorazmdagi  Tuproqal’a 

to‘g‘risida ma’lumot keltirib o‘tish joizdir. Uning tuzilishi to‘g‘ri burchakli bo‘lib 

(500x  360  m),    gumbazsimon  yo‘lakli  va  burjli  mudofaa  devori  bilan  o‘ralgan. 

Devorning  janubiy  qismidagi  darvozadan  ibodatxonaga  tomon  asosiy  ko‘cha 

o‘tgan.  Ko‘ndalang  tushgan    ko‘chalar  shaharni  10  ta  mavzega  bo‘lgan. 

Tuproqqal’aning  shimoliy-g‘arbiy  qismida  maxsus  ko‘tarma  supa  ustiga  xom 

g‘ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon ark binosi joylashgan. Bundan tashqari 

100  ga  yaqin    turar-joy,  xo‘jalik  binolari  va  8  ta  saroy  zali  mavjud  bo‘lgan. 

Qal’aning  janubiy-sharqiy  burchagidagi  4ta    xonada  teri  va  yog‘ochga  yozilgan 

qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan  ortiq hujjatlar topiladi. 

Bu davrda  o‘lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o‘rtasida keng 

tarqalgan  sug‘d  yozuvi  bilan  birlikda  undan  bir  qadar  farq  qiluvchi  xorazm  va 

eftaliy  yozuvlari  ham  qo‘llanilgan.  Bu  yozuvlarda    ajdodlarimizning  tarixi, 

taqdiriga  oid  ko‘plab  qimmatli  bitiklar,  ma’lumotlar  bayon  qilingan.  Shuningdek 

eftaliylar  davri  qo‘shiqlari  va  eposlari  Firdavsiyning  mashhur  «Shohnoma»sida 

ham o‘z ifodasini topgan. Eftaliylarda kishilar turli dinlarga e’tiqod qilganlar. Eng 

keng  tarqalgan  din-zardushtiylik  bilan  bir  qatorda  budda  dini  ham  ancha  rasm 

bo‘lgan.  Bundan  tashqari  bu  erdagi  mahalliy  aholi  avvaldan  e’tiqod  qilib  kelgan 

Vaxsh,  Mitra,  Anaxita  (Quyosh)  xudolariga ham  sig‘inganlar.  Sharqda  qadimdan 

nishonlanib  kelingan  «Navro‘z»  va  unga  xos  marosimlar  Buxoro,  Samarqand  va 

boshqa  shaharlarda  va  aholi  turar  joylarida  keng  bayram  qilingan.  Eftaliylarning 

urf-odatlarida  patriarxal-urug‘chilik  tuzumining  qoldiqlari  saqlanib  qolgan. 

Chunonchi,  Xitoy  manbalarida  aytilishicha,  ularda  bir  necha  aka-ukada  bitta 

umumiy  xotin  bo‘lgan.  Shuningdek  hukmron  tabaqa  vakillarida  esa  buning  aksi 

o‘laroq  ko‘p  xotinlilik  hukm  surgan.  Agar  boy-badavlat  oila  vakili  vafot  etgan 

bo‘lsa,  uni  barcha  rasm-rusumlar  bilan,  tantanali  suratda  tosh  daxmaga,  oddiy 

kishilar murdasi esa tuproqdan yasalgan qabrga qo‘yilgan. Eftaliylar  shaharlarida 

mangu olov uylari bo‘lib, ular zardushtiylik dininng muqaddas maskanlari sifatida  

aholi tomonidan ziyorat etib borilgan. Xullas, Eftaliylar davrida o‘lkamiz odamlari 

o‘ziga  xos  boy  madaniy  va  ma’naviy    turmush  tarzini  yaratib,  undan  bahramand 

bo‘lishga  harakat  etganlar.  Ayni  chog‘da  ular  o‘zlaridan  keyingi  avlodlar  uchun 

ham  munosib  iz  qoldirganlarki,  bunga  ularning  davriga  oid  turli  hududlardan 

topilgan ko‘plab noyob topilmalar, asori atiqalar guvohdir. 

 


Yüklə 245,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin