"O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati


Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə2/6
tarix04.05.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#107601
1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqarish amaliyotidan

1. Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv

“Jizzax ПЧ-5 “Yo’l xo’jaligi”ga nazariy bilimlarimni amalda sinash uchun yo`llanma olgach 28-iyunda ishlab chiqarish amaliyotiga keldim. U yerda 1-kun tanishuv bo`lib o`tdi. Ob’yekt bilan tanishuvda ichki tartib-intizomni, undagi ish tartibi ertalab 8:00dan 18:00 gacha bo`lishi, ishchilarning qat’iy formada bo`lishi, og`ir mehnat sharoitida ishlovchilar maxsus himoya kiyimlarida bo`lishlari, texnika xavfsizligiga qat’iy rioya qilinishi va mehnat muhofazasi bilan tanishib chiqdim. Tanishuvda eng ajoyibi bu – ishlab chiqarish amaliyoti hududiga kirib borishda e’tiborni o`ziga tortuvchi turli xil mehnat muhofazasi, ishga bo`lgan ma’suliyat, oila haqidagi bannerlarni ko`rib, unda bayon qilingan so`zlarni o`qib, to`g`risi, odam o`zida qandaydir ma’suliyatni, ishga ehtiyotkorlik bilan yondashishni, motivatsiyani olar ekan. Og`ir mehnat sharoitida ishlaydiganlarga esa o`zining xavfsizligi o`z qo`lida ekani unga eslatma bo`lib turar ekan.


Temir yo'l tizimi korxonalarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishini ta'minlash asosiy vazifalardan biri. Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligining yo’l va uning ehtiyot qismlarini ta'mirlash sexlarida bunga alohida ahamiyat qaratiladi. Chunki tarmoq korxonalarida sodir bo'layotgan noxush holatlarning yuzaga kelishi mehnat muhofazasi talablarining buzilishi bilan chambarchas bog'liq. Bunga esa, avvalo, inson omili sabab bo'layotgani achinarli holat. Shu bois xo’jalikda xodimlar ish faoliyatida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat'iy rioya etgan holda, mehnat qilishlariga e'tibor qaratiladi. Yo’lsozlar ish jarayonida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishsa, darhol belgilangan tartib va yo'riqnomalarga asosan chora ko'rilmoqda. Bu esa ushbu maskanda noxush holatlarning oldini olish, mehnat muhofazasi bo'yicha jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'yilmasligini ta'minlamoqda. Bugungi kunda Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligida 460 nafar mutaxassis va xodim(440ta erkak va 20 ta ayol) faoliyat ko'rsatayotgan jamoada qat'iy tartib, intizom mavjud. Salomatlik uchun zararli sharoitlarda mehnat qilayotganlarning sog'lig'i doimiy nazoratga olingan. Shuningdek, sex va texnik xizmat ko'rsatish shoxobchalarida 38 ta banner va mehnat muhofazasini targ'ib etuvchi plakatlar o'rnatildi.
Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi ga 21 ta sex qarashli bo`lib,
ular bilan o`zaro shartnomalar tuziladi,shu yo`sinda hujjatlar ham aylanadi. Korxona bilan tanishuvda asosan hujjatlarni qay tarzda tuzish, to`ldirish, imzolash(kimlarga) va hullas xizmat hujjatlarining aylanish yo`l-yo`riqlarini ko`rib chiqdim. Shu o`rinda institutda 1-kursda men ish hujjatlarini yuritish fanidan barcha olgan nazariy bilimlarimni ana shu ishlab chiqarish korxonasining buhgalteriya hisobi bo`limida amalda qo`lladim. Mening ta’lim yo`nalishim temir yo`l transportida “Buhgalteriya hisobi va audit” bo`lganligi munosabati bilan men ishlab chiqarish korxonasining buhgalteriya yo`nalishida amaliyot o`tadim. Buhgalteriya hisobi yo`nalishida men asosan asosiy vositalar, materiallar hisobi hamda ish haqi hisob-kitobi bo`limlarining ish tartibi, ichki tartib-intizomi, hujjatlarni yuritish qonun-qoidalari bilan tanishib chiqdim. Shunga amin bo`ldimki, har bir ishchi hodim o`z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi, o`z ishini sevishi, barcha hujjatlarni-yu, hisob-kitoblarni behatolik bilan yuritishni burchi deb biladi. Men ham o`z amaliyotchi talabalik burchimga suyangan holda ishlab chiqarish amaliyot dasturi bo`yicha barcha savollarga sidqidildan javobni topishga kirishdim. Har kuni ishlab chiqarish amaliyoti ob’yektiga kelgach albatta «регистрация инструктажа по охране труда» jurnaliga kelganligim to`g`risida sana, ism-sharifim, vazifam hamda imzomni qo`yaman. Bu tartib-intizomga chaqirishdir. O`z vaqtida ish joyida bo`lish ma’suliyatidir.



Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin