II.2.Asosiy vositalar hisobi
Ishlab chiqarish ob’yektlarida xo`jalik sub’yektining ishlab chiqarish-xo`jalik jarayoni nafaqat material, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga, balki asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham ta’minlanadi. Ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida belgilangan prognoz raqamlarini to`liq va o`z muddatida bajarish uchun albatta ishlab chiqarish korxonalari asosiy vositalarga ega bo`lishlari lozim. Biz bilamizki, mamlakat iqtisodiyotida eng katta fond sig`imiga ega bo`lgan tarmoqlaridan biri, bu temir yo`l transporti tarmog`idir. Temir yo`ltransportining asosiy ishlab chiqarish vositalari, uning ishlab chiqarish xususiyatiga mos tarzda, yil sayin ilmiy texnika rivoji natijasida ortib bormoqda. Temir yo`l transporti asosiy vositalari mamlakat iqtisodiyotidagi barcha asosiy vositalarning taxminan 10 foizini tashkil etadi. Asosiy vositalar – mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni yetkazib berish, xizmatlarni ko`rsatish, boshqa tomonlarga ijaraga berish, ma’muriy maqsadlarda foydalanish hamda bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanish uchun mo`ljallangan moddiy vositalardir. Shu o`rinda korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin. Bundan tashqari ob’yektlardan foydalanishda asosiy vositalar asosan foydalanishdagi, zaxiradagi hamda ishlamayotgan asosiy vositalarga turkumlanadi. Eng qizig`i, asosiy vositalarni buhgalteriya hisobini va ularni saqlanishi nazoratini tashkil etish maqsadida asosiy vositalarning har bir inventar ob’yektiga ularni buhgalteriya hisobiga qabul qilishda va qabul qilish boshlang`ich hujjatlarini rasmiylashtirishda tartibli tizim bo`yicha tegishli inventar raqamlari beriladi. Inventar raqami inventar ob’yektining o`zida bo`yoq, temir beton va shu kabi usullar bilan aks ettiriladi. Bilasizmi, hozirgi kunda korxonalarda asosiy vositalarni turkumlash, baholash, texnik va texnologik qayta qurollantirish va audit nazoratidan o`tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni bilamizki, asosiy vositalar korxonaning mulki hisoblanib, ularning mavjudligi korxona faoliyatini ijobiy baholash imkonini beradi. Ya’ni asosiy vositalarni yangilash korxonani modernizatsiya qilish holatini beradi. Bunda zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi hamda sifatli xizmat ko`rsatish imkoniga ega bo`ladi.
Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi buhgalteriya hisobida asosiy vositalarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
Kodi:
|
Nomi:
|
Kodi:
|
Nomi:
|
000000001
|
Yer maydonlari
|
000000008
|
Hisoblash texnikasi
|
000000002
|
Yer obodonchiligi
|
000000009
|
Transport vositalari
|
000000003
|
Binolar
|
000000010
|
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
|
000000004
|
Inshoot va qurilmalar
|
000000011
|
Xo`jalik inventarlari
|
000000005
|
Topshiriladigan uskunalar
|
000000012
|
Boshqa asosiy fondler
|
000000006
|
Mashina va jihozlar
|
000000014
|
VAGONLAR PARKI
|
000000007
|
Mebel va jihozlar
|
Asosiy vositalarning harakati, ularning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakatiga bog`liq bo`lgan xo`jalik jarayonlari ta’siri ostida sodir bo`ladi. Ushbu xo`jalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona raxbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul qiladi va komissiya qabul qilgan har bir ob’yekt uchun alohida bir nusxada asosiy vositani qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi.
1. Maxsus kirim komissiyasi korxona rahbari tomonidan buyruq asosida tuziladi.
2. Maxsus komissiya quyidagilarni bajaradi:
a) asosiy vositaga oid barcha hujjatlarning qonuniy ekanligini tekshiradi;
b) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi;
c) rasmiylashtirilgan hujjatlarni tasdiqlaydi;
d) barcha hujjatlarni buhgalteriyaga taqdim etadi.
3. Buhgalteriyada quyidagi amallar bajariladi:
a) inventar varaqa ochadi;
b) inventar ro`yhatga kiritadi;
c) buhgalteriya schyo`tlarida aks ettiriladi.
Korxonaning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda asosan asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasida dalolatnoma har bir ob’yekt uchun yozilib, buhgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’yektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ham yuritiladi. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi esa asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu ob’yekt texnik hujjatlari asosida har bir ob’yektga inventar kartochkasi ochiladi. Asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha inventar kartochkalari ro`yxati ham tuziladi. Dalolatnomada ob’yekt tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbayi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, ob’yektning sinov natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqligi ko`rsatiladi.Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ishlatish tartibi, yo`riqnomalar ilova qilinadi. Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar har bir ob’yektiga inventar raqami beriladi. Belgilangan inventar raqami asosiy vositalar ob’yektiga metal jetonni qoqib qo`yish, bo`yoq bilan belgi qo`yish va boshqa usullarda belgilab qo`yiladi. Bu belgi ob’yektdan foydalanishda bo`lgan jami davr uchun saqlanadi va buhgalteriya hisobining barcha boshlang`ich hujjatlari hamda registrlarida ko`rsatiladi. Ob’yekt chiqim qilinganda uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ilova hujjatlar bilan birga korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Buhgalteriya dalolatnoma asosida belgilangnan namunadagi inventar varaqasi ochadi. Bu varaqada ob’yekt haqidagi barcha ma’lumotlar qayd etiladi. So`ngra inventar varaqalari asosiy vositalarning tasnif guruhlari bo`yicha maxsus ro`yhat tuziladi. Ro`yhatda qayd qilingan varaqalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnif guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo`yicha guruhlangan tartibda saqlanadi. Asosiy vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda inventar varaqasiga qayd qilinadi, so`ngra varaqa kartotekadan olib qo`yiladi.
Ishlab chiqarish ob’yektida asosiy vositalarni asosan boshlang`ich, joriy, tugatish, tiklash hamda qoldiq qiymatlari bo`yicha baholanar ekan. Yana shuni bildimki, Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi sexlarida inventarizatsiya oktyabr oyiga nisbatan tekshirilar ekan. Boshqarma tomonidan buyruq asosida esa bir yilda bir marotaba inventarizatsiya o`tkazilishi ko`zda tutilar ekan. Asosiy vositalarning analitik hisobi ob’yekt bo`lsa, sintetik hisobi esa ob’yektning ichki hisobi tushuniladi. Umuman olganda esa inventarizatsiya qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yo`riqnomasiga ko`ra har 3 yilda bir marotaba o`tkaziladi. Asosiy vositalarning inventariatsiyasi korxona rahbarining buyrug`i bilan tashkil qilingan ishchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unda albatta buhgalteriya hodimlaridan vakillar ishtirok etadi. Eng qizig`i, inventarizatsiyani komissiya a’zolari to`la bo`lmagan holatda o`tkazish mumkin emas ekan. Inventarizatsiya natijasida ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlangan holda, ham ro`yhatga olinadi va ularni komissiya a’zolari ekspertiza yo`li bilan baholaydi, haqiqiy texnik holatiga ko`ra eskirish miqdori aniqlanadi va dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birgalikda komissiya ushbu asosiy vosita qachon, kimning farmoyishiga binoan ishlatilgan, ularning harajatlari hisobda qanday aks ettirilganligi borasida dalolatnomada ma’lumotlar keltiriladi.
Asosiy vositalar harakatining buhgalteriya schyo`tlarida ifodalanishini qiyidagicha misollar bilan ko`rib chiqamiz:
1. 600 ming so`mga dastgoh sotib olindi:
Debet 0710 ”O`rnatiladigan asbob-uskunalar”
Kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchiga to`lanadigan schyo`t”
2. Dastgohni o`rnatishga berilganda:
Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish” – 600 ming so`m
Kredit 0710 “O`rnatiladigan asbob-uskunalar” – 600 ming so`m
3. O`rnatilishiga va ishga tushirilishiga 50 ming so`mlik qurilish materiallari sarf qilindi:
Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”
Kredit 1050 “Qurilish materiallari”
4. Dastgohni o`rnatish va ishga tuhsirish uchun ishchilarga 40 ming so`m mehnat haqi hisoblangan:
Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”
Kredit 6710 “Mehnat haqi bo`yicha hodim bilan hisob-kitob”
5. Mehnat haqidan ijtimoiy sug`urtaga ajratma 14 ming so`m:
Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”
Kredit 6520 “Maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar”
6. Dastgoh foydalanishga topshirildi:
Debet 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” – 704 ming so`m
Kredit 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish” – 704 ming so`m
Demak, yuqoridagilardan ma’lumki 600 ming so`mlik dastgoh o`rnatish, ishga tushirish va boshqa harajatlar bilan uning qiymati 704 ming so`mni tashkil etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |