saylanadilar va har yili vakolatlari tugagan 18 a’zoning o‘rniga yangilari
saylab boriladi.
BMT Vasiylik kengashi — Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo‘lib, Xalqaro vasiylik tizimi ostida ishonchli hududlarni boshqarishni nazorat qilish uchun tashkil etilgan BMT kotibiyati — barcha organlar majlisi ishini texnik jihatdan taʼminlash, hisobotlarni eʼlon qilish va tarqatish, arxivlarni saqlash, tashkilotning rasmiy xujjatlari va axborot xujjatlari chaqirishni amalga oshiradi. BMT Bosh kotibiyati BMT aʼzolari tomonidan tuziladigan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi. BMT kotibiyati xodimlari uch turkum: oliy maʼmuriy mansabdor shaxslar: Bosh kotib va uning oʻrinbosarlari; mutaxassislar sinfining xalqaro mansabdor shaxslari; texnik xodimlar (kotiblar, kurerlar)ga boʻlinadi. BMTda xozirgi kunda 16 ming kishidan koʻproq xodim bor. Xizmatga olish doimiy va muddatli shartnoma tartibida amalga oshiriladi Xalqaro sud - BMTning asosiy sudlov organi. 1945 yilda tashkil topgan. Davlatlar oʻrtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar boʻyicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudyalardan iborat, ular BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. Xalqaro sudi Gaaga shahrida joylashgan