O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o'rinlarda qo'mita deb ataladi) soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o'rinlarda qo'mita deb ataladi) soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo'mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Soliq xizmati organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to'lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.