O’zbekiston va rivojlangan davlatlar soliq tizimlari
Soliq
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjetidaromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.
O’zbekiston soliq tizimi
Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqi: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soligʻi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliq va yigʻimlar — mol mulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.