Опорные слова и выражения: сотрудничество, дипломатические отношения, JICA,JETRO, программа диалога «Центральная Азия + Япония», мягкая сила, стратегическоесотрудничество,официальныйвизит.
KIRISH
Bundan o‘ttiz yil oldin boshlangan diplomatik aloqalar O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. 2002-yildagi “Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot” hamda 2015-yilda imzolangan “Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot” asosida ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Ta’lim, madaniyat sohasidagi hamkorlikning kuchayishi xalqlarni bir-biriga yaqinlashishiga yordam beradi. O‘zaro hamkorlik
aloqalarining kuchayishida elchixonalar, madaniyat markazlari va inson resurslarini rivojlantirish markazlari muhim o‘rin egallaydi. Ular tomonidan o‘tkazilib turiladigan turli xil tadbirlar davlatlarning xususiyatlarini namoyon qilishda xizmat qiladi. Fan-ta’limni rivojlantirish yo‘lida qilingan sa’y- harakatlarning barchasida, asosan, yoshlar qamrab olingan. Bu borada Yaponiya davlatlarning siyosatlarini davom ettiruvchi yoshlar bilan ishlash orqali kelajakdagi hamkorlik aloqalarining saqlanib qolishi va yanada rivojlanib borishidan manfaatdor, degan xulosaga kelish mumkin. Xalq diplomatiyasining kuchayib borayotganligi ham oradagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda san’at, madaniyat xodimlari, talabalar va mutaxassislar muhim o‘rin egallaydi.
Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 28-dekabrda e’tirof etgach, 1992-yil 26-yanvardan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Aloqalar rivojini ta’minlashga xizmat qiluvchi tuzilmalar sifatida 1993-yilda Toshkentda Yaponiyaning elchixonasi, uch yildan keyin Tokioda O‘zbekiston elchixonasi tashkil etildi. Shuningdek, 2004-yildan boshlab Osaka shahrida O‘zbekiston Respublikasining Faxriy konsulligi faoliyat ko‘rsatishni boshladi 1 . Yaponiyaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Magasoki Ukeruning ta’kidlashicha, SSSR parchalanib, yangi davlatlar tashkil topganidan keyin Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi birinchi tashrifi Yaponiyaning sobiq Tashqi ishlar va moliya vaziri Chino Tadao tomonidan 1992-yil fevralda O‘zbekistonga bo‘lgan. 1994- yilda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga qilgan tashrifidan keyin ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlana boshladi.
Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, Xalqaro Valyuta Fondining O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatda qiyinchiliklarga duch kelayotganligi haqidagi tahlillaridan keyin Yaponiya O‘zbekistonda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun ko‘mak bera boshladi 2 . Yaponiya hukumati mamlakatimizda 1995-yildan buyon ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarni qamrab olgan kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturini amalga oshirib kelmoqda3.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi va Yaponiya bosh vaziri Dzyunichiro Koidzumining 2006-yil avgust oyida O‘zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zaro aloqalar nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy, madaniy, fan-ta’lim, investitsiyaviy jabhalarni ham qamrab olgan. Shuningdek, qonunchilik organlari o‘rtasida ham hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, Yaponiya parlamentida “Yaponiya demokratik partiyasi – O‘zbekiston” hamda “Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi – O‘zbekiston” do‘stlik ligalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - Yaponiya Parlamenti” parlamentlararo guruhi faoliyat yuritib kelmoqda.
1999-2001-yillar davomida Toshkentda JICA va JETROning mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish, ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Yaponiya markazi ochildi. 2001-yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi 4 xalqlarimizning yaqinlashuvi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvining o‘sishiga xizmat qiluvchi omillaridan biri bo‘ldi.
1 Жўраев С., Аҳмедов О., Раҳимова М. Ўзбекистон ва жаҳон ҳамжамияти: халқаро муносабатлар ва ташқи алоқаларни ташкил қилиш. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридпги Давлат ва жамият қурилиши академияси, Ғафур Ғулом номидаги нашриёт–матбаа ижодий уйи, 2008. – Б. 244.
2 Takeshi Y.Japan’s Multilateral Approach toward Central Asia. – P. 67–68.//URL:www.src-h.slav.hokudai.ac.jp
/coe21/publish/ no16.../04_yuasa.pdf
3Savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari. 04/13/2016//Int.:https://mineconomy.uz/uz/node/1153
4 Speech by Mr. Taro Aso, Minister for Foreign Affairs at the Japan National Press Club. Central Asia as a Corridor of Peace and Stability, June 1, 2006//URL:http://www.mofa.go.jp/region/europe/speech0606.html
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi investitsion hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida tog‘-kon sanoati, neft va gaz sohasi, agrosanoat majmuasi, aloqa sektori belgilangan. Yaponiya bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarga ko‘maklashmoqda. Yaponiya kompaniyalari Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubi-g‘arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona hududlarida neft va gaz resurslari bilan ishlashni rivojlantirishda qiziqish bildirishgan. Xususan, Yaponiyaning moliyaviy ko‘magi va yapon kompaniyalarining bevosita ishtirokida Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Toshkentdagi vagon ta’mirlash zavodlarini qurish va ishga tushirish, Ko‘kdumaloq konini o‘zlashtirish, Samarqand, Buxoro va Urganch singari qadimiy shaharlarimizdagi aeroportlarni qayta ta’mirlash, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi 5 . 2003-yilda O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlik qo‘mitasi tashkil etildi. 2004-yilning may oyida esa ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Yaponiyada xuddi shunday tashkilot faoliyat yurita boshladi.
Yaponiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilib foydalanishga topshirilgan. 2007-yilda shunday loyihalar qatorida “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” temiryo‘l yo‘nalishi qurib bitkazilgan. Bundan tashqari, 2010-yilda Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo‘ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi issiqlik ajratish samaradorligini 30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish imkonini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik “Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik tog‘risida” hamda “Iqtisodiy hamkorlik va O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi qo‘shma bayonotlar, “Texnik hamkorlik to‘g‘risidagi” va ”Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi” bitimlar asosida tartibga solinib turiladi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning fevral oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening 2015-yil oktabrida mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi o‘zaro ishonch, ochiqlik va o‘zaro hurmatga asoslangan oliy darajadagi faol siyosiy muloqotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashdi. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish bilan bir qatorda ularni yangicha mazmun bilan boyitdi. Tashrif paytida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot hamda bir qator sohalar doirasida hujjatlar imzolanganligi6 o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bilan birga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida madaniy- gumanitar aloqalar ham izchil kengayib bormoqda. Bunda, asosan, Yaponiya yumshoq kuch siyosatini olib boradi. Ushbu siyosatni amalga oshirishda faqat davlat siyosati emas, nodavlat aktorlar ishtiroki ham muhim o‘rin tutadi. Yaponiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni o‘rnatishida dastlab inson omili alohida o‘rin egallagan. Bunda Ikuo Xirayama (mashhur rassom, O‘zbekistonda “Xalqaro madaniyatlar karvonsaroyi” madaniy-ma’rifiy markazini ochish g‘oyasi muallifi), yaponiyalik arxeolog Kyudzo Kato, Osaki Sigekatsu (injener, O‘zbekistonda Noriko gakkou yapon tili bo‘yicha maktab ochgan) hamda Jalil Sultonovning hissasi katta. Ular nafaqat yumshoq kuch siyosatining amalga oshishida ishtirok etdilar, balki aholi o‘rtasida iliq munosabatlar o‘rnatilishiga sababchi bo‘ldilar7. Ikuo Xirayamaning moliyaviy ko‘magi bilan 2002-yilda Toshkentda “Madaniyat karvonsaroyi” O‘zbekiston-
5 Президент Ислам Каримов 6 августа в резиденции Оксарой принял министра экономики, торговли и промышленности Японии Тошимицу Мотэги/ Инт.:https://mf.uz/uz/component/k2/item/111-gorod-tashkent.html
6 Japan-Uzbekistan Summit Meeting. December 19, 2019//https://www.mofa.go.jp/erp/ca_c/uz/page4e_ 001170.html
7 ДобринскаяО. «МягкаясилаЯпонии» встранахЦентральнойАзии.30–01–2014// Инт.:http://analitika.org/ international–affairs/geo/2637–myagkaya–sila–yaponii–v–stranah–centralnoy–azii.html.
Yapon ilmiy-ijodiy markazi ochilishi, 2004-yil Tokiodagi Soka universiteti hududida o‘zbek haykaltaroshi R.Mirtojiyev yaratgan 8 buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgani va Toshkentda Yapon bog‘ining tashkil qilingani xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va yaqinlikni yaqqol namoyon etdi.
Taniqli arxeolog olim Kyudzo Kato o‘zbek xalqining bebaho merosini o‘rganish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali munosabatlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Yapon professori umrining oxirigacha Buyuk Ipak yo‘lini o‘rganish va qadimgi Baqtriya davlatini tadqiq etishga doir izlanishlar olib bordi. U Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimizning asarlarini yapon tiliga tarjima qildi. Qilgan ishlari uchun 2002-yilda O‘zbekistondagi yuksak mukofot – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Shu o‘rinda Jalil Sultonovni Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashda ulkan hissasini qo‘shgan insonlardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Sultonov 1998-yilda o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga Internir qilingan yapon askarlari muzeyi ochgan bo‘lib, hozirga qadar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekistonga kelib qolgan yapon asirlari faoliyatga oid ma’lumot va buyumlarni yig‘ib kelmoqda. Sultonov O‘zbekistonda 1940-yillarda yashagan yaponlar tarixini saqlab qolish yo‘lidagi xizmatlari uchun 2016-yilning noyabr oyida Yaponiyaning “Otayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar ordeni” bilan taqdirlandi.
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganliga 30 yil to‘lishi arafasida 2021-yil 3- noyabrda Yaponiya hukumati tomonidan e’lon qilingan 2021-yilning kuzida imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan xorijliklar roʻyxatiga “Chiqayotgan quyosh ordeni katta kordoni” ordeni bilan taqdirlangan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham kiritilganligi muhim ahamiyatlidir9. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegining Sodiq Safoyevga yo‘llagan tabrik xatida aytilishicha, orden ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari uchun taqdim etildi 10 . Mazkur orden Yaponiya imperatorining oliy mukofoti bo‘lib, faqat yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi.
Ta’lim sohasida ham hamkorligimiz yuksak darajaga ko‘tarilib bormoqda. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi bu sohada amalga oshirilib kelinayotgan hamkorlik haqida gap ketganda shuni ta’kidlash joizki, Yaponiyaning Nagoya universiteti Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti bilan faol hamkorlik qiladi. Shuningdek, Yaponiyadagi Tsukuba universiteti O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi (Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti va O‘zbekiston jahon tillari universiteti) bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. 2006-yil sentabrdan boshlab Tsukuba universitetida Markaziy Osiyo bo‘yicha Xalqaro markaz faoliyat ko‘rsata boshladi. Mazkur markazda tadqiqot olib borish va ta’lim berish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
O‘zaro aloqalar ikki tomonlama munosabatlar rivoji bilan birgalikda “Markaziy Osiyo+Yaponiya” Muloqot dasturi doirasida ko‘p tomonlama aloqalar ham yaxshilanib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Yaponiya uchun Markaziy Osiyodagi eng yaqin hamkor davlatlardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyoga qilingan birinchi tashriflarning O‘zbekistonda bo‘lishi, Yapon tilini o‘qitish ilk marta Toshkentda boshlanishi, davlat rahbarlari o‘rtasidagi tashriflarning muvaffaqiyatli yakunlanishi va shu doirada amalga oshirilayotgan ishlar strategik hamkorlikni kuchayishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy yaqinlik, Yaponiya tarafidan ajratilgan rasmiy yordam,
8 Жўраев С., Аҳмедов О., Раҳимова М. Ўзбекистон ва жаҳон ҳамжамияти: халқаро муносабатлар ва ташқи алоқаларни ташкил қилиш. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат ва жамият қурилиши академияси, Ғафур Ғулом номидаги нашриёт–матбаа ижодий уйи, 2008. – Б. 246.
9 О Награждении Императорским Орденом Первого Заместителя Председателя Сената Олий Мажлис Г-На Содыка Солиховича Сафоева. 2021/11/3// https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/akinojokun 2021.html
10 Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi. 03 Noyabr 2021// https://xs.uz/uz/post/olij-mazhlis-senati-raisining-birinchi-orinbosari-yaponiya-elchisi-bilan-uchrashdi
davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari, shuningdek, xalq diplomatiyasi mazkur taraqqiy etayotgan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Toshkentdagi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘p tarmoqli aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
Birinchidan, madaniy yaqinlik, davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari, shuningdek, xalq diplomatiyasi mazkur taraqqiy etayotgan munosabatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Iqtisodiy soha bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash borasida ham o‘zaro hamkorlikda ishlashdan yaqin istiqbolda bir qator ijobiy natijalar kutilyapti.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifini ikki tomon ham o‘zaro munosabatlar tarixida muhim voqea, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnologik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam sifatida baholaydi.
Ikki davlat o‘rtasida hududlararo aloqalarni, tartibli mehnat migratsiyasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrini boshlab beradi. Sarmoyalardan tashqari, yetuk mutaxassislarning ish tajribasini o‘rganish, undan amaliyotda foydalanish orqali mamlakat iqtisodiy salohiyatini, xodimlar ishining sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi.