O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja


-bob. Komissiyaning kotibiyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/8
tarix27.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#90317
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari

6-bob. Komissiyaning kotibiyati
Oldingi tahrirga qarang.
21. Komissiyaning bosh kotibi va uning o‘rinbosari maqomi va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
22. Komissiya kotibiyati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh direksiyasi, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega bo‘lgan komissiyalar hamda YUNESKO va AYSESKOga a’zo davlatlarning milliy komissiyalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Komissiya va uning ishchi organlari ish rejalari tayyorlanishi hamda ular bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
YUNESKO va AYSESKOning davriy nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga ko‘maklashish;
YUNESKO va AYSESKO homiyligida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam ko‘rsatish;
fan, madaniyat va ta’lim bo‘yicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy bo‘linmalarida, shuningdek, AYSESKO Bosh direksiyasida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
Komissiya faoliyatiga taalluqli materiallarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish;
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va ularning ilg‘or tajribasini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xizmat doirasida yozishmalar olib borish;
Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlash;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga muntazam kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarini asrash masalalari bo‘yicha YUNESKO mezonlariga muvofiq taklif va tavsiyalar kiritish va bu borada tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(22-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YUNESKO konvensiyalari talablari amalga oshirilishi va Milliy komissiya qarorlari ijrosining ta’minlanishi yuzasidan nazorat olib borish hamda ushbu maqsadlar uchun ekspert kengashlari va ishchi guruhlarini tuzish;
Milliy komissiya qarorlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda hamda ularning bufer zonalarida joylashgan obyektlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratilishi hamda uning yuritilishi yuzasidan monitoring olib borish;
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyekt va hududlarda, shu jumladan ularning bufer zonalarida olib boriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar davomida o‘tkaziladigan davlat nazoratida ishtirok etish hamda tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Komissiya faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
23. Komissiya Bosh kotibi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
24. Komissiya kotibiyati xodimlari Komissiya Bosh kotibi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar.
241. Kotibiyat xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qo‘llaniladigan ustamalar, umumiy ish staji uchun qo‘llaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlaridan tashqari) tatbiq etiladi hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari qo‘llaniladi.
Komissiya kotibiyati xodimlarining har oylik lavozim maoshlariga 40% miqdorida ustama haq (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) to‘lanadi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda, har oylik lavozim maoshlariga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, 50 foizgacha ustamalar esa — xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi hisobidan qoplanadi.
Kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar qo‘llaniladi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
25. Komissiya kotibiyati davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Adabiyotlar:

  • Saidov A.X., Xalqaro huquq, T., 2001; Xakimov R., Oʻzbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti, T., 2001; Moʻminov Abdulxay, Oʻzbekiston va UNESCOning xalqaro-huquqiy munosabatlari, T., 2003.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin