O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik yo’nalishi



Yüklə 296,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix19.03.2023
ölçüsü296,06 Kb.
#88742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
 2022 
150 
to’rtta chiziq chizdilar. Keyin: “Bu nima, bilasizlarmi?” deb so’radilar. Uiar: ‘’Alloh va Rasuli 
bilguvchidir”, dedilar. Shunda u zot: “Jannat ahlidan bo’lgan ayollarning eng afzali to’rt 
nafardir: Hadicha binti Huvaylid, Fotima binti Muhammad, Osiyo binti Muzohim (fir’avnning 
xotini) va Maryam binti Imrondir”, dedilar. Iso alayhissalom fazilatlari haqida ham hadislar 
ko’p. Jumladan, “Saxixayn” da Abu Hurayro roziallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy 
alayhissalom: “Tug’iladigan har bir bolaga shayton tegadi (ziyon yetkazadi). Shaytonning 
tegishi sababli chaqaloq baqirib yig’laydi. Magar Ibn Maryam va uning onasi bundan mustasno 
edi”, deganlar. Quroni Karimda Isoning Maryamning hayoti, uning fazilati, pokdomonligi, 
o’sha zamon ayollari ichidan eng afzali, unga Alloh tarafidan ko’rsatilgan fazlu marhamatlar 
haqida bayon qilingan. Jumladan, Oliy Imron surasida Maryam hayoti haqida quyidagi 
ma’lumotlar kelgan. Alloh taolo aytadi: “Albatta Alloh Odam va Nuhni Ibrohim xonadonini 
va Imron xonadonini butun olamlar ustida (payg’ambarlik uchun) tanlab oldi. Ularning 
birlari birovlariga zurriyot (edilar). Alloh Eshitguvchi, Bilguvchidir. (Ey Muhammad,) 
Imronning xotini: “Parvardigorim, men qornimdagi narsani ( xomilaning dunyo 
ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. ( Oliy Imron surasi, 33-37-oyatlar).
Bani Isroil qavmi Maryamga katta buxton qildi. Pokdomon bo’lishicha qaramay uni faxsh 
ishda aybladi. Shunda Maryam o’zini himoya qilish maqsadida ‘’Manavi bolaga murojat 
qilinglar. U bor haqiqatni aytadi’’, degandek chaqalog’iga ishora qildi. Ammo ular bu 
ishoradan qoniqmadilar Shuning uchun: 
- Beshikdagi gudak bilan qanday so’zlashamiz?! – deya ajablandilar. Ya’ni, ular 
Maryamning gapidan taajjublanib: 
- Beshikdagi yosh bola bilan qanday gaplashamiz! Deya e’tiroz bildirishdi. Biroq Alloh taolo 
Iso alayhissalomni gapirtirib qo’ydi va onasining pokdomon ekaniga ishora qiluvchi quyidagi 
so’zlarni aytdi: 

Yüklə 296,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin