Omon MATJON
96
Olis fazo
tubidan u goho yorib chiqadi,
Go‘yo Arshning oq maktubin eltgan samoviy
elchi.
Goho shamga qo‘nib, tunni burchaklarga tiqadi,
Qora qalam ostida u – ham tarixchi, ham tilchi.
Yolg‘izlatib qo‘ymas lekin odamni u hech
qachon,
Goh
quyoshdan qarasa, goh oydan yo‘llar oq
aksin.
Uni shimol osmonida kuzatganman ne zamon,
Uzun qutb kechasiga chizganida tong rasmin.
Bahor chog‘i qaldiroqlar vahm yurish qilganda,
Qo‘shilishib ketganida zamin, zamon va falak.
Kelgindi va kaj bulutlar qaqshab xuruj qilganda,
Yer kemasin yelkan bo‘lib yurgizgan shu –
kamalak!
Tushlarimga kiradi u,
kiftimga par ulaydi,
Idrokimda o‘n sakkiz ming olam bo‘ladi paydo.
Goh boshqalar yuragidan turib meni imlaydi,
Tushunuksiz suvratlarda tilga kiradi goho.
U aslmi? Bizgacha yo yetganmi sinib-sinib?!
Yo‘q, yo‘q, u hech uzilmasdir! U – butunning
davomi!
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
97
Mayli, bizga kelgan bo‘lsin, o‘z chin yulduzi
so‘nib,
Ko‘p ulug‘dir hayot uchun har lahzalik in’omi.
Moʻjizakor ne nurdir bu? Ne bu ilohiy xabar!
Vaqtdek, nogoh o‘chib ba’zan bar tuttirmay
ketadi...
Uni
tanib ulgurganim, suyganim – qutlug‘
samar,
Umrimning shu qismini ham umrim desam
yetadi!
1992
* * *
Bolalikda o‘ch olishga o‘ch edim juda,
Tinmas edim bir turtganni ikki turtmasam.
Keyin bildim, ne ko‘p – nokas ko‘pdir dunyoda,
Na so‘z aytib ulgurasan, na ichib qasam.
Odam yorug‘ xayollarga xoja ekan chin,
Ko‘ngilda kin, g‘araz saqlab yurmagi xato.
Yomonlarni
bir kun albat jazolash uchun,
O‘chga o‘zi hakam ekan Tangri Taolo.
1992
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
98
* * *
Bu bog‘lardan bizlar o‘tdik,
bizim izdan kimlar o‘tar?!
Bu yo‘llarga bizlar yetdik,
vafo falak, kimlar yetar?!
Ey, odamzod, qalbingdagi,
chamanlarning holin so‘ra!
Og‘iz ochding, maqsad uchun
so‘zlaringning bolin so‘ra!
Adil toqqa suyanganlar,
qo‘llardagi toshlar nechun?!
Egilmasa Haqqa bo‘yning,
g‘urur nechun, boshlar nechun?!
Tong lahzasin qonli ko‘rib,
bag‘ringni sen qon etmagil!
Qilich
tutgan har nokasni,
botir bilib jon tikmagil!
Nazar etgil, yosh-u keksa,
bir malhamga zordir bu kun.
Gʻazabni qo‘y, faqat mehr,
faqat mehr kordir bu kun!
Bu bog‘lardan bizlar o‘tdik,
bizim izdan kimlar o‘tar?!
Bu yo‘llarga bizlar yetdik,
vafo falak, kimlar yetar?!
1992
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
99
* * *
Yonimda turkim bor,
Taqdirda zo‘r kun bor.
Biz
kabi hur kim bor, –
Yonimda turkim bor!
Yonimda turkim bor,
Yovlardan tarkim bor.
Ko‘plardan farqim bor,
Yonimda turkim bor.
Yonimda turkim bor,
Janubim, sharqim bor.
Davronda ko‘rkim bor,
Yonimda turkim bor.
Yonimda turkim bor,
Falakda barqim bor.
Yurakda
erkim bor,
Yonimda turkim bor.
1992
www.ziyouz.com kutubxonasi