BOZOR HAZILI
Yurtimdagi bir holatni ko‘rib ko‘z hayron,
Ne bozor bu, yo ne savdo karvoni kelmish?!
O‘z joyida muqim narsa qolgani gumon,
Alish-almash, ayirboshlash zamoni kelmish.
Balki ipak yo‘li qayta jonlangan dersiz,
Bunaqasi lekin sira sig‘mas aqlga:
Nahot, foyda, ta’ma yashar millatsiz, yersiz,
Katta-kichik alishmovda ne tushsa qo‘lga!
Paxtang bormi – mana temir!
Pillaga
–
shakar!
Ana o‘rmon, kesib obket qovun qoqiga!
Agar jindek xavfing bo‘lsa,
unga
ol
xatar!
Yulduzingni alish anu falak toqiga...
Ammo qarang, bolarilar gulzorlarda jam,
Yo‘lboshchisi qarovida o‘z ishi-la band!
Yo guldami bu qavmni jips etgan malham,
Sal xavf sezsa, bir-biriga qalqonu voband.
Xalqim! Agar istiqboling tag‘in bulutli,
O‘tolmasang oldi-sotdi, nafdan nariga –
Alishaman, sotvoraman seni
bir
quti,
Bir jamoa, bir ahl uy asalariga!
11.03.92
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
101
XORIJDAGI O‘ZBEKLARIM
Xorijdagi o‘zbeklarim,
O‘lmay qolgan o‘zliklarim.
Qani endi yurtga keling,
O‘z xonlarim, o‘z beklarim.
Yurtga keling, yurtga keling,
Ichga keling, sirtga keling.
Mayli, chilvir sochga keling,
Yo burama murtga keling.
Xorijdagi o‘zbeklarim,
Sizga yo‘qdir hech keklarim.
Kelib uyimni to‘ldiring,
Quvg‘inda yurgan erklarim!
Ko‘chalarni guv to‘ldiring,
Gullarni hidlab so‘ldiring.
Xorijdagi o‘zbeklarim,
Xuddi o‘zimizdeklarim.
Gʻamlarimni bayoz tortdi,
Demang kim ko‘p, kim oz tortdi?!
Dengizlarning og‘ir yukin,
Dur izlagan g‘avvos tortdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
102
Oy chiqqani rostdir bu kun,
Kun tuqqani rostdir bu kun.
Qora ko‘zlar yoshi tinib,
Gʻanimlar yer osti bu kun.
Keling, tanda bu jon birdir,
Umid birdir, imon birdir.
O‘zbekiston bo‘linmaydir,
Ona O‘zbekiston birdir!
Xorijdagi o‘zbeklarim,
Xuddi o‘zimizdeklarim.
Qani endi yurtga keling,
O‘z xonlarim, o‘z beklarim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
103
Dostları ilə paylaş: |