O‘zbekiston yozuvchilar


“QUYOSH SOATI” (1974) NASRDAGI



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix28.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#103986
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Omon Matjon. Maqsudam (2021)

“QUYOSH SOATI” (1974) NASRDAGI 
NAZMLAR KITOBIDAN
“Chiq-chiq-chiq...” Bu soatning tovushi. 
Derazadan Bahor saltanati ko‘rinayotir. – Ho-
vurlanib yotgan huv tuproqda, bo‘g‘otdan uzi-
layotgan qatrada, havoda, tanamizning har bir 
hujayrasidagi tuyg‘uda go‘zal va cheksiz hayot 
qaynab yotibdi. Hayotning mangu, borliqning 
boqiyligiga butkul ishonaman!
Hayot fursat misoli poyonsiz va ilinjsiz 
ekan, o‘lim o‘zi nima, qayerda boshlanadi?!
* * *
Daryo goho to‘lib-toshsa, qirg‘oq buzib tik-
ka yo‘l solib keta boshlasa, bu uning xatosiday 
bo‘lib ko‘rinadi bizga!
* * *
Yashashni o‘rgat menga, ey qalamcha 
ko‘chat! Seni ko‘rganimda lablarim tars-tars 
yorildi! Qirqilgan vujuding yerdan qarz olib 
hamki, hayotga intilyapti.
* * *
Men esa tomirlarimda gurkirab yotgan ha-
yotimni hech kimga baxsh etganimcha yo‘q. Ey 
qalamcha ko‘chat, menga yashashni o‘rgat...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
118
* * *
Qadimda jonidan to‘ygan kishilar o‘zlarini 
daryoga tashlab mangu “orom”ga erishganlar. 
Kecha men qirg‘oqning o‘zi ham oqim shahdi-
dan yemirilib, suvga “tap-tap” qulayotganini 
ko‘rdim.
Amudaryo! Nega suvlaringning bo‘tana 
ekanini bilaman: Bu aslida loyqa emas, oqim-
ga dosh berolmay yiqilganlarning vujudlari!
* * *
Gurlan haqida shunday afsona bor. Bu yer-
da biri ko‘r, biri lang ikki odam yashagan ekan. 
Ko‘r langni ko‘tarib yurar, lang uning yelkasida 
o‘tirib olib yo‘l ko‘rsatar ekan... Tirikchilikni 
shunday o‘tkazarkanlar...
Gurlan, bu o‘sha o‘tmish kishilarining 
nomi, moziydan bizga esdalik. Hayot...
* * *
O‘rgimchak to‘raga taqlid qilib yashardi 
Pashshaoy. O‘rgimchak to‘raning katta-katta 
tiniq ko‘zlari, mag‘rur salobati, uzoq vaqt og‘ir 
sukutda tura olishi, o‘zining ipak yo‘llarida na-
zokat bilan qadam tashlashi, mardligi – ham-
ma-hammasi Pashshaoyning yuksak ideallari, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
119
orzusi edi... Buni u hech kimga aytmas, u haqda 
gapirishni ham o‘rinsiz deb bilar, O‘rgimchak 
to‘raning nomiga nomunosib so‘zlar ishlatib 
qo‘yishdan qo‘rqardi.
Yo falak! Bir kuni... Pashshaoyning yurak-
chasi yorilib ketay dedi. U Oliy hazratlari 
tomonidan ziyofatga taklif etilgan edi.
Bormasinmi, oh?! Bordi! Bu yerda ham-
ma narsa go‘zal edi! Pashshaoy hayajonlanar, 
O‘rgimchak to‘ra bilan yolg‘iz o‘tirganidan tili 
tutilib gapira olmas, nafasi siqilib borar edi. U 
buni bildirmaslikka tirishar, lekin borgan sari 
negadir holdan toyayotgan edi.
Pashshaoy o‘zining ko‘rinmas bir tuzoqqa 
tushib qolganini, o‘layotganini juda kech pay-
qab qoldi. Juda kech... Lekin shunda ham miq 
etmadi, faqat joni chiqayotgan paytda bir so‘z 
deya oldi, xolos:
– O‘lsang ham eng ishongan kishingning 
aldovidan o‘lma ekan!..
* * *
O‘zining haqligin biron marta yoqlay olma-
gan odam boshqani himoya qila olmaydi.
* * *
Eshikning tutqichi gerdaydi: “Men jahon 
eshiklarini ochguvchiman”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
120
* * *
Kotlovan labiga juda yaqin kelibgina eks-
kovatorni ko‘rdim. O‘zini “Mana men!” demas-
dan ham tog‘-tog‘ ishlar qilib qo‘yibdi. 
U o‘z ishiga chuqurlashgani sayin mehnati 
olisroqdan ko‘rinmoqda edi.
* * *
Feruz saroyida maqom kechasi davom 
etar, kuylayotgan hofiz aql-u hushlar hokimi 
edi. Musiqa tugagan zahoti xon “jallod” deya 
hayqirdi. Hamma lol edi. Qo‘shiqchiga darra 
tortildi. 
Ertasiga buning sirini so‘raganlarida, yosh 
hofiz qo‘shiqning qaysi bir pardasidan chala 
urg‘u bilan o‘tganini tan oldi.
* * *
Svetlov she’rga misralar soniga qarab 
emas, she’rligiga qarab haq to‘lashni tavsiya 
etgan edi. Demak:
– Salom talant! Salom mehnat! Salom man-
gulik! Xayr gonorar!!!
* * *
Gohida o‘lim shuhratga sabab bo‘lsa, gohi-
da shuhrat “o‘ldiradi...”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
121
* * *
O‘zi haqida turfa-turfa ertaknamo gaplar 
tarqatib yurgan bir qalamkashni bilaman. Un-
dan jirkanaman: She’r homilasi uning yuragi-
da emas, go‘yo oyog‘ida paydo bo‘ladi...
Adabiyotni hech bo‘lmaganda ODOBIYOT 
deb tushunsa edi.
* * *
Mashhur bir kishi havaskorgina bir qa-
lamkashning narsalarini ko‘rmoqda edi. 
Men “ustoz”ga chetdan qarab, vajohati-
dan “mana hozir bo‘sh joyini topaman-ku, 
mana ishkali chiqib qoladi-ku!” degan o‘ta 
didsiz bir ishbilarmonlikni o‘qir edim. Le-
kin ul “zot” susaygandan susayar, bashara-
sining qayeridadir takabburlik alomatlari 
yig‘ilmoqda edi.
– Ha-a... Umuman... – dedi u o‘qib bo‘lgach.
...Eh! Shunday “umuman”lar qachon 
yo‘qoladi, shunday “umuman” odamlar-chi?!
Go‘zallikni ko‘rganda beixtiyor chapak 
chalib yuboradigan kishilarni sog‘inaman.
* * *
Ko‘z – topadi. Ba’zan, yashiradi ham!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
122
* * *
Mansab ba’zan noyob bir iste’dodning za-
mini bo‘lib qolsa, ba’zan butunlay bo‘m-bo‘sh 
kimsada, favqulodda talantni ochganday bo‘-
ladi. 
* * *
Uning butun vujudi qorniga – nafsiga bo‘y-
sunadi, u – xalta.
* * *
U kishi katta ish qilishdan ko‘ra, katta ish-
da turishni yaxshi ko‘rardilar.
* * *
Qiz qalbi go‘yo deraza shishasi. Olisdan 
ming termil, ichkarini ko‘rolmaysan. Ko‘p 
yaqinlashaversang esa nafasing tegib xira-
lasha di.
– Derazangga yaqinlashayapman...
* * *
Izhor etilmay qolgan sevgi – o‘tqazilmay 
qolgan ko‘chat.
* * *
Xorazmda tog‘lar yo‘q emas, bor: – Xo-
razm tog‘lari vohani tongda quyoshdan to‘sib 
qo‘ymaslik uchun odamlar qiyofasida yasha-
shadi!
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
123
– Xorazmiy, Beruniy, Pahlavon Mahmud, 
Ogahiy, Hojixon...
* * *
Bahorda gullash bilan birga... chirish ham 
boshlanadi. Agar ko‘karmasang, chiriysan!
Endigina tili chiqqan qizil lab qizg‘aldoq 
shabadada chayqalib yonboshidagi sag‘anani 
turtdi:
– Hoy, tursang-chi, bahor keldi-ku!
* * *
– Erkinlik nima?
– Intilmoq, kurashmoq!
– Imkon bo‘lmasa-chi?
– Hamma imkoniyatlarga kurashib erisha-
san. Kurashdan tashqaridagi hayot (agar bu 
hayot bo‘lsa, bo‘shliq...)
Demak, erkinlikning yashash qonuni – ku-
rashmoq!
* * *
Odamlar bir-birlariga qarab o‘zlarini rost-
laydilar.
* * *
Dushmanning xatosi dono qiladi, do‘stniki 
ado...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
124

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin