O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


Arxiv hujjati tushunchasi



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə3/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Arxiv hujjati tushunchasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar - arxiv hujjatlari deyiladi.
Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15- iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan.
Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi.
2. Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbekiston hududida istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir.
Fanning dolzarbligi shundan iboratki, talaba yoshlarning O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashni boyitish, ularda noyob hujjatlarga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin