O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə1/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi


OYBEK RASHIDOV
O‘ZBEKISTONDA ARXIV
ISHI TARIXI
Toshkent - 2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OYBEK RASHIDOV
O‘ZBEKISTONDA ARXIV
ISHI TARIXI
5320300 - Arxivshunoslik bakalavriyat yo’nalishi
talaballari uchun o‘quv qo‘llanma

TOSHKENT
Mas’ul muharrir:
Haitov Sh.A. - tarix fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Zamonov A.T. - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Rahmonov K.J. - tarix fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur qo’llanmada qadimgi, o’rta asrlar, xonliklar, mustamlaka, sovet boshqaruvi va mustaqillik davrlarida O’zbekistonda arxiv ishi tarixi, arxiv muassasalari faoliyati hamda arxivchilarning xalqaro aloqalari bayon etilgan. Arxivshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish talablaridan kelib chiqqan holda fanning mohiyati va ahamiyatini ochib berishda xorijiy ilmiy- metodologik yondoshuvlardan hamda adabiyotlar (Craig Robertson. Media History and the Archive.-New York. Routledge, 2011., Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.) dan foydalanildi.
В пособии указана история архивного дела в Узбекистане в древние времена, в средние века, в период ханства и колонии, в период советского правления и в годы независимости. Также описывается деятельность архивных учреждений и международные связи архиваторов. Для передачи сущности и важности данной работы использовались зарубежные научно­методологические подходы и литература (Craig Robertson. Media History and the Archive. - New York. Routledge, 2011., Antonina Burton. Archive Stories. (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.).
In this manual the history of archive work in Uzbekistan during the ancient times, middle ages, period of khanates and colony, during the sovet government and the years of independence was indicated. The activities of archive establishments and international relations of archivers were also described. Foreign scientific- methodological approaches and literatures (Craig Robertson. Media History and the Archive. - New York. Routledge, 2011., Antonina Burton. Archive Stories. (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.) were used for increase the essence and importance of the book.
SO‘ZBOSHI
Xalqimizning tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati masalalari yoritilayotganda chuqur ilmiy asos va aniq dalillar zarur. Haqqoniy tarixni yaratishda dalil bo‘ladigan muhim omillar orasida arxiv hujjatlari diqqatga sazovordir. O‘zbekistonning moddiy va ma’naviy hayoti aks etgan noyob arxiv hujjatlari tarix fani uchun boy manba sifatida xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ilk arxivlar yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Bu arxivlarga Nisadagi Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan arxivlar kiradi.
Birlamchi manbalarda toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarni Movarounnahrga olib kelgan. Shuningdek, Sohibqiron jahonning bir qancha mamlakat qirollari bilan yozishmalar olib bordi. Bu diplomatik yozishmalar qimmatli arxiv hujjatlari hisoblanadi. Shu diplomatik yozishmalardan biri 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Parijda o‘tkazilgan Amir Temur tavalludining 660 yilligida Fransiya prezidenti Jak Shirak tomonidan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga topshirildi. Amir Temurning nevarasi Boysunqur zamonida Hirotda ko‘pgina asarlardan namunalar to‘planadi. Uning atrofida o‘z davrining yetuk shoirlari, kitobxonlari, muqovasozlari, naqqoshlari va boshqa kitobsoz hunarmandlar yig‘ilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zaro feodal urushlar, vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar yo‘q bo‘lib ketgan. Bizgacha Qo‘qon va Xiva xonlarining arxivlari, Buxoro amirligining Qo‘shbegi arxivi saqlanib qolgan.
Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi mavjud xolos. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Oliy o’quv yurtlari “Arxivshunoslik” yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan ushbu o’quv qo’llanma O’zbekistonda turli tarixiy davrda arxivlarning vujudga kelishi va faoliyati bo’yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi.
Har bir mavzu so’nggida talabalar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan tayanch tushunchalar berilgan bo’lib, ular yordamida o’qituvchi o’tilgan mavzuning tinglovchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganini aniqlashi mumkin. Nazorat uchun berilgan savollar talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu bo’yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.
1-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fanining maqsad hamda vazifalari Reja:

  1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi.

  2. Fanning ob’ekti, pretmeti, maqsad va vazifalari.

  3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


  1. Yüklə 160,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin