O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent 2019


Qo’qon xonligida arxiv ishi tarixi



Yüklə 160,98 Kb.
səhifə16/57
tarix25.01.2023
ölçüsü160,98 Kb.
#80646
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Qo’qon xonligida arxiv ishi tarixi. 1875-yilda Qo’qon protektoratida Xudoyorxon tomonidan o’limga hukm qilingan Musulmonqulning o’g’li Abdurahmon oftobachi tomonidan katta qo’zg’olon uyushtirildi. Xudoyorxon Farg’ona vodiysi va uning atrofida Rossiyaga qarshi bo’lgan g’azovotga qarshi chiqolmay qochib ketgach uning o’rnini katta o’g’li Nasriddin egalladi. M.D. Skobelov (1843-82) Mahram qalasida bo’lgan 50000 qo’qonliklarni yengdi. Farg’ona vodiysining Sharqiy qismida uyushtirilgan qipchoq va qirg’iz qo’zg’olonlarini ham bostirda va Andijon, Namangan, Marg’ilon va Qo’qon ustidan Rossiya nazoratini mustahkamladi. 1876-yil 19-fevralda xonlik tugatilib, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzildi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoda olib borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo’qon xonligi 1876-yil bosib olindi hamda Buxoro va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay tugatildi. Shundan so’ng mustamlakachi ma’murlar xonlikdagi barcha boyliklar, asoru- atiqalar qatorida noyob asarlar, arxiv hujjatlarini markazga jo'natish chorasini ko'rdilar. Qo'qon xonlari arxivi ham 1876-yil noyabr oyida general-gubernator K.P. Kaufman buyrug'i bilan sharqshunos A. Kun tomonidan Peterburg shahridagi Imperator kutubxonasiga jo'natilgan. Arxivdagi hujjatlarning asosiy qismi 1866­1875 yillarga oid bo'lib, umumiy hajmi 5026 varaq va 151 daftardan iborat qo'lyozma hujjatlar topilgan. Ularda xonlikning inoyatnomalari - soliqlardan ozod qilish yoki imtiyoz berish; muboraknomalari - xon xizmatchilarini tayinlash, aholini hashar ishlariga jalb qilish va bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar mavjud. Saqlanib qolgan 151 ta daftarda soliq yig'uvchilarning yozuvlari, hisobotlari, xon saroyidagi sarf-xarajatlar va boshqa yozuvlar o‘z aksini topgan bo’lib, xonlikning iqtisodiy tarixini yoritishda muhim manba hisoblanadi.
XVIII - XIX asrlarda Qo’qon xonligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini yoritishda tarixiy asarlar, manbalar bilan bir qatorda arxiv hujjatlari: kirim-chiqim daftarlari, muboraknomalar, vaqfnomalar, pattalar,
nasabnomalarning o’rni beqiyosdir.
XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta”lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, maxsulot, urug‘ (don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o'ziga xos doimiy va muayyan tarkib va nutqiy qolib borki, bu ham o'zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil maxsuli ekanligining dalilidir.
Qo'qon xonlari arxivi P.P.Ivanov tomonidan Xiva xonlari arxivi bilan bir vaqtda topilgan bo'lishiga qaramay, ilmiy jihatdan o'rganilmagan edi. Hujjatlarning dastlabki tafsiloti 1968-yilda sharqshunos olim A.L. Troitskaya tomonidan “Qo'qon xonlari arxivi katalogi” nomi bilan chop qilingan.
Qo'qon xonlari arxivi ham 1962-yilda 3 800 yig'majild tartibida mamlakatimizga olib kelingan va hozirda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanmoqda.
Qo'qon va Xiva xonligiga oid hujjatlarni to'plagan sharqshunos olim A.L. Kunning kolleksiyasi ham diqqatga sazovordir. Bugungi kunda A. Kunning hayoti va faoliyatiga oid hujjatlar Sankt-Peterburgda, Sharq qo'yozmalari institudagi shaxsiy arxivida saqlanadi. 33-raqam ostidagi mazkur jamg'armada 300 dan ortiq yig'ma jild mavjud bo'lib, ularning aksariyati A. Kun tarafidan yig'ilgan Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy tarixi hamda etnografiyasiga oid materiallardan iborat.
Kun kolleksiyasidagi hujjatlar tarkibi haqida kengroq tasavvurga ega bo'lish uchun quyida hujjatlar mazmuniga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Yorliqlar. Kun kolleksiyasida esa bu turdagi hujjatlar taxminan 1 ta chala ko'chirilgani bilan birga 60 tani (ular matnda Yorliq, nishon, inoyatnoma shaklida tilga olingan) tashkil etadi. Eng qadimgisi 938/1531-32 yilda shayboniy Abu Sa’idxon (1531-1534) tarafidan, eng oxirgi 2 ta hujjat 1280 yil rabi’ ul-avvalda (1863 yil avg-sent.) Qo'qon xoni Sulton Sayidxon (1863-1865) va uning vaziri Alimquli amirlashkar tarafidan berilgan.

Yüklə 160,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin