O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
 O’zbekistonda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni 
rivojlantirish istiqbollari 
Keyingi yillarda mamlakat tijorat banklari tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning bu kabi ijobiy natijalarga ega bo’lishi bevosita ularning 
mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishida faol ishtirok 
etib kelayotganligining natijasidir.
Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyotida, 
avvalambor xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, mas'uliyatli vazifalarni 
amalga oshirishda hal qiluvchi o’rin va ta'sirga ega bo’lib bormoqda. 
Ishbilarmonlar o’z mehnati ortidan nafaqat o’z oilasi, balki jamiyat farovonligini 
ta'minlashga munosib hissa qo’shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan islohotlar strategiyasida kichik va xususiy tadbirkorlikni har 
tomonlama qo’llab-quvvatlash, oilaviy biznesni yo’lga qo’yish orqali oilalar 
turmush farovonligini oshirish, ularni shinam uy-joylar bilan ta'minlashga alohida 
e'tibor berilishi tijorat banklari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Tijorat 
banklari tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yuqori 
saviyada tashkil etish, aholini tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 
orqali keng jalb qilishga alohida e'tibor berib kelmoqda. Buning yaqqol tasdig’ini 
tijorat banklari tomonidan 2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari 
miqdori 211,6 trln. so’mni tashkil etganidan ko’rishimiz mumkin (5-jadval).
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, 2019 yilda erishilgan bu kabi ijobiy natijalar 
2018 yilda qo’lga kiritilgan natijalarning mantiqiy davomidir. Bu esa o’z navbatida 
mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishiga ham 
muhim ta'sir ko’rsatmoqda. 
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning 
raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va 
energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni 
tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab 
chiqarishni o’zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy 


35 
barqarorligini ta'minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion 
siyosat o’z samarasini bermoqda.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin