29
Kapital monandlilik darajasi
23,5%
23,0%
I darajali kapital monandlilik darajasi
19,6%
20,4%
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tijorat banklari I darajali kapitali
yuqori sur’atlarda o’sib borish tendensiyasiga ega bo’lgan. Xususan,
tijorat
banklari I darajali kapitali 2020 yil 1 martda 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan
5,6 foizga oshib, 47,9 trln. so’mga yetdi. 2020 yil 1 yanvarda esa 43,7 trln.so’mni
tashkil qildi (4-jadval).
Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o’sib
bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi
omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Kundan –
kunga aholining
banklarga ishonchi ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmi o’sib
borishida ko’rib borishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimdek respublikamizdagi barcha tijorat banklari
universal banklardir. Universal tijorat banklari faoliyatini so’nggi yillar davomida
3 ta xalqaro reyting agentliklari o’rganib chiqishmoqda. Ular «Moody’s»,
«FitchRaytings» va «Standard&Poors» xalqaro reyting agentliklaridir. Bu
agentliklar har yili o’zlarining hisobotlarida O’zbekiston bank tizimida mavjud
holatni xalqaro reyting ko’rsatkichlariga taqqoslagan holda o’z
xulosalarini
bildirishadi. «Moody’s» xalqaro reyting agentligi shu yili 15 aprel kuni
«O’zbekston bank tizimining rivojlanish istiqbollari» yangi hisobotini nashr qilib,
unga ko’ra ketma – ket beshinchi yil O’zbekiston bank tizimi rivojlanish
istiqbollari «barqaror» darajada tasdiqlandi.
«Moody’s» agentligining fikriga ko’ra, barqaror prognozi O’zbekiston
iqtisodiyotining, shu jumladan iqtisodiyotga katta
hajmdagi investitsiyalar
yo’naltirilishi hisobiga, yuqori suratlarda o’sayotganligi bilan izohladi. Shuningdek
iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o’sishini ta’minlovchi manba hisoblangan
universal tijorat banklarningistiqbollariga ijobiy ta’sir qiluvchi muhim omillar
qatoriga kiritilmoqda. «Moody’s» xalqaro
reyting agentligi tomonidan
30
O’zbekistonda oxirgi 10 yil mobaynida yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari
ta’minlangani hamda O’zbekiston eksporti tarkibining MDXdagi boshqa
davlatlarga nisbatan diversifikatsiyalanganligi hisobiga iqtisodiy o’sish sur’atlari
o’zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo’lgani ta’kidlanmoqda.
Reyting agentligining fikriga ko’ra 2016-2018 yillar davomida kreditlash
hajmining yiliga 20 foizga o’sishi sharoitida kapital
yetarliligining joriy
koefitsientini saqlab qolish uchun «Moody’s» reytingiga ega bo’lgan O’zbekiston
banklari kelgusida kapitalni qo’shimcha oshirish bo’yicha chora – tadbirlar
ko’rishlari lozim. Universal tijorat banklarining joriy likvidlilik darajasi bank
tizimi barqarorligini baholashda muhim omillardan biri bo’lib,
qator yillar
davomida 65 foizdan yuqori, ya’ni belgilangan minimal darajadan 2 barobar yuqori
miqdorni