18
operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki
ixtisoslikda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar,
ular iqtisodiyotda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilardan iborat
10
:
- jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida
o’ziga jalb etadi;
- qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag’lar beradi;
- milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi
va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
- pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
- iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va
to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
- bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi;
- aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri,
jamiyatdagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda
faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda
olishga
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha
bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
ishlab
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish
siklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar,
qurilish
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot
10
Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya", 2004 yil. 63 bet
19
tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha
ehtiyojni
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Ta’kidlab o’tilganidek, banklarning asosiy faoliatlaridan
biri bu olingan
deposit mablag’larni iqtisodiyotning turli sohalarida qayta taqsimlash hisblanadi.