O’zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo’llari


-rasm. Bank tizimining pog’onalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix23.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo\'llari

1-rasm. Bank tizimining pog’onalari
4
 
Markaziy bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari 
faolyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko’pchilik moliya 
institutlari, banklarning faolyati moliyaviy jihatda muammolar yuzaga kelganda, 
banklar omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda 
moliyaviy sarosima bo’lishini oldini olish kerak. Bu masalani hal qilish uchun 
Markaziy bank, avvolo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi 
pog’ona-tijorat banklar tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga 
tijorat banklarning har kunlik faolyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy bank tijorat 
banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to’lovga qobiliyatligi va likvidligini 
ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish kerak. 
3
Mullajonov F. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: 2010. 18 bet 
4
www.wikipedia.org sayti ma’lumotlariga asoslanib muallif tomonidan tayyorlandi
1. Markaziy bank
2. Tijorat banklari 



Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat 
banklari pog’onasiga o’tkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o’tkazish yo’li bilan muomaladagi pul massasi 
ustidan nazorat amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini 
ta’minlash va iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak. Bunda 
markaziy bank emission muomaladan olish huquqiga ega bo’ladi. Markaziy bank 
ya’ni tijorat banklari o’rtasida hisob kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog’onasi bu - xalq xo’jaligi va aholiga xizmat 
ko’rsatishdagi bosh bo’gin bo’lgan mustaqil tijorat banklarining tarmog’idir. Ular 
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob - kitob va kredit 
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko’rsatish hamda boshqa turli bank 
xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalarini amalga oshiradilar
5
.
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti 
va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko’payishi 
bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank boshqaruvida yangi yangi vazifalar 
degani, shuning uchun bank tizimidagi menejment va marketingni rivojlantirish 
yo’llarini ishlab chiqishdan iborat. Bank tizimidagi samarali boshqaruv faoliyatini 
amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish zarur.
- bank boshqaruvining iqtisodiy mohiyatini nazariy o’rganish ularni xorij 
tajribasi bilan solishtirish;
- banklarning yangi xizmat turlarini taklif etish, bankdagi operatsiyalarni 
boshqarishni yaxshilash;
- bank xodimlarini boshqarishni yaxshilash tufayli mijozlarga sifatli xizmat 
ko’rsatish.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo’lishi mumkin. 
Masalan, Shvetsiyada davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat 
qiladi xolos, AQSh da 13000ga yaqin tijorat banklari mavjud. Shvetsariyada esa 
har 10000 aholiga bittadan moliya muassasasi to’g’ri keladi.
5
Abdullaeva SH.Z. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.-T.: TMI, 2006 yil. 26 bet 



Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko’rsatayotgan 
respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarish, lekin uni 
boshqaruvchiligini nazorat qilish sobiq ittifoq davlat banki qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va 
bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan 
bank tizimining qator kamchiliklarini ro’yobga chiqardi. Bu esa bank tizimida tub 
o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi.
Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda 
bank tizimining tashkiliy tuzilmsini o’zgartrish, banklarning rolini oshirish, 
iqtisodiy tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kredit haraktdagi 
iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko’zda tutilgan edi. Qayta tashkil etish 
jarayonining birinchi bosqichi davlat banklarning yangi tuzilmasini tashkil etish 
bilan bog’lanadi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: markaziy emission bank va 
bevosita xo’jaliklarga xizmat ko’rsatuvchi bevosita davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan davlat banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z- 
o’zini moliyalashga o’tkazish; 
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ldigan kredit 
munosabatlari uslublari va shkalalarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining 
kredit tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga 
kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus 
ixtisoslashgan banklarga topshiradi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash 
faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki 
ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi boshqa barcha banklar uchun bir 
xil pul kredit siyosatini olib burvchi muassasasaga aylanadi. Bank tizimining 
takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar tashkil 
qilinib xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirildi, 
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini 
saqlab qoldilar.


10 
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining “Banklar tizimini 
isloh qilish chora tadbarlari to’g’risida”gi 1999 yildagi 19-yanvaradgi qaroriga 
asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan 
ta’minlashga banklarning ishtirokini kengaytirish bank xizmatlari sohasida 
vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida yuzaga kieltirilgan bank 
tizimini yanada xalqaro andozolarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini 
erkinlashtirilish va isloh qilish chora tadbirlarining boshlanishi bank tizimini 
rivojlanishining 4-bosqichi boshlanganligini ko’rasatadi. Bu bosqich O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish 
borasidagi chora tadbirlari to’grisida”gi 2000 yil 21-martdagi farmoni va Vazirlar 
Mahkamasining Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar 
to’g’risida”gi 2000 yil 24-martdagi qarori o’zaro qabul qilish bilan boshlandi. Bu 
hujjatlarga asosan quyidagilar bu bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
- Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari 
mustaqilligini oshirish;
- Bank tizimi va uning bo’g’inlari rivojlanishini rag’batlantirish; 
- Bo’sh turgan mablag’larni bankga jalb qilish va omonatchilarning 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
- Banklarning investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirsh;
- Banklarning mijozlar bilan o’zaro manfaatlilik, sheriklilik munosabatalrini 
shakllantirish;
- Aholining moliya tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish;
- Xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni 
kengaytirish va valyuta munosabatlarini erkinlashtirish, kengaytirish kabi vazifalar 
belgilanadi.
Bank menejmenti boshqaruv jarayonini amalga oshirib, moliyaviy, moddiy, 
tashkiliy, huquqiy, ma'naviy psixologik shart-sharoitlarni yaratish, boshqaruv 
vazifalarini bevosita ijro etilishi bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Bank menejmenti asosida, avvalambor, odamlar bilan ishlay olish mahorati 
yotadi, shu bois bank menejmentining muhim tarkibiy qismlaridan biri xodimlarni 


11 
boshqarishdir. Sir emaski, inson resurslari sifati ularning bank oldida turgan 
maqsadlarini amalga oshirishga qo’shgan xissasi hamda bank faoliyatining sifatini 
ko’p jihatdan xodimlar bilan ishlashni samarali yo’lga qo’yilganiga bog’liq.
Ikki 
bosqichli 
bank 
tizimining 
shakllantirilishi, 
uning 
tarkibiy 
takomillashtirilishi, shuningdek, elektron to’lovlari tizimining yaratilishi joylarda 
yangi tuzilmalarning: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh hududiy 
boshqarmalari va Hisob-kassa markazlarining yaratilishiga va ularning faoliyatini 
yo’lga qo’yilishiga olib keldi. Bu esa bank muassasalarining yangi turi bo’lib, 
o’ziga xos funktsiyalarga ega. Bu funksiyalar mamlakatimizda qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi va “Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida”gi Qonunlarida belgilab berilgan.
Ushbu tuzilmalarning tashkil etilishi xodimlar bilan ishlashda bank tizimini 
yanada isloh etish hamda tijorat banklarini hududiy bo’linmalari oldiga 
qo’yiladigan vazifalarini amalga oshirishda mosligini ko’rsatmoqda. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin