Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal


Ma’ruza mashg’ulot

O ’ZBEKISTON RESPUBLIКASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QO’QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTAB MENEJMENTI KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIM MENEJMENTI
FANI BO`YICHA



O'QUV-USLUBIY МAJMUA



Bilim sohasi:

100000 - Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 - Ta’lim

Tа’lim yo’nаlishi:



5111800 –Maktabgacha ta’lim

MUNDARIJA:

Ushbu o’quv-uslubiy majmua Maktab menejmenti kafedrasining 20___ yil ____________dagi ___-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Mutaxassislikka kirish” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.



Tuzuvchi:

D. Maxkamova- Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi M.Otajonova- Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
Х.Saidova- Maktab menejmenti kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchi:

p.f.n.,dots. X.Ustadjalilova







Ushbu o’quv-uslubiy majmua Qo’qon davlat pedagogika instituti Kengashining 202_ yil __ - avgustdagi 1-sonli majlis bayonida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
MUNDARIJA:



I.

O‘QUV MATERIALLAR

4

1)

Ma‘ruza mashg‘ulotlari

4

2)

Amaliy, Amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari

112

II.

MUSTAQIL TA‘LIM MASHG‘ULOTLARI

143

1)

Mustaqil ta‘lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

144

2)

Kurs ishi yozish bo‘yicha tavsiyalar




III.

GLOSSARIY

145

IV.

ILOVALAR

157

1)

Fan dasturi

157

2)

Ishchi fan dastur

158

3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar

173

5)

Baholash mezonlari

175

6)

Boshqa ma‘lumotlar (fan bo‘yicha boshqa materiallar mavjud bo‘lsa
keltiriladi)




7)

O‘UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)




Qo’qon-2023

1 -MODUL MAKTABGACHA TA’LIM-UZLUKSIZ TA’LIMNING ALOHIDA
1-MAVZU: IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI. MAKTABGACHA TA’LIM MAZMUN-MOHIYATI VA TA’LIM TIZIMIDA TUTGAN O`RNI


Reja:
1. Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati va ta'lim tizimida tutgan o'rni.
2. Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari.
3. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini amalga oshirilishi.
Tayanch tushunchalar: bog`cha, taraqqiyot, maktabgacha ta`lim, boshqaruv, maqsad, vazifalar.


1. Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati
va ta'lim tizimida tutgan o'rni

Maktabgacha ta’lim - bolalarning individual va yosh xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual, ijtimoiy-axloqiy va ruhiy rivojlanishini ta'minlovchi, shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayondir.


Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bo'g'ini sifatida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun va Maktabgacha ta’limning davlat talablari asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha ta’ limga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o'qish va chet tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha talim muassasasining maqsadi vavazifalari
Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
- bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
- ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash;
- bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasiningvazifalari hisoblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
- bolalarda xalqimizning yuksak ma'naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish;
- bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang'ich ta’limni olishga tayyorlash;
- bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'llanadigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intelluktual jihatdan maktabda o'qishga tayyorlashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlari bilan mustahkam aloqa va uzviy bog'liqlikda olib boriladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega» degan qoida mustahkamlab qo'yilgan, 45-moddasida voyaga yetmaganlar davlathimoyasida ekani, 64-moddasida esa «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», deb qayd etilgan.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin