Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə6/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

2. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini


Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • ta'limning ustuvorligi - mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;

  • ta'limning demokratlashuvi - ta'lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo'llashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlatjamiyat tizimining joriy etilishi;

  • ta'limning insonparvarlashuvi - bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojiantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlari uyg'unligini ta'minlash;

  • ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini qaror toptirish;

  • ta'limning milliylashuvi - ta'limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog'liqligi, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e'tirof etish;

  • ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi - bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo'naltirilgani;

  • iqtidorliyoshlarni aniqlash - yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e'tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo'naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin