[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
[TSZ: 1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3336] O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV Toshkent sh.,
2021-yil 18-noyabr,
20/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-son qaroriga
1-ILOVA
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi Oldingi tahrirga qarang. Mazkur hujjat tijorat banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)