34
O’zbekistonda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni
rivojlantirish istiqbollari
Keyingi yillarda mamlakat tijorat banklari tizimidagi
moliyaviy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarning bu kabi ijobiy natijalarga ega bo’lishi bevosita ularning
mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishida
faol ishtirok
etib kelayotganligining natijasidir.
Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyotida,
avvalambor xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, mas'uliyatli
vazifalarni
amalga oshirishda hal qiluvchi o’rin va ta'sirga ega bo’lib bormoqda.
Ishbilarmonlar o’z mehnati ortidan nafaqat o’z oilasi, balki jamiyat farovonligini
ta'minlashga munosib hissa qo’shmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar strategiyasida kichik va xususiy tadbirkorlikni har
tomonlama qo’llab-quvvatlash, oilaviy biznesni yo’lga qo’yish
orqali oilalar
turmush farovonligini oshirish, ularni shinam uy-joylar bilan ta'minlashga alohida
e'tibor berilishi tijorat banklari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda.
Tijorat
banklari tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yuqori
saviyada tashkil etish, aholini tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash
orqali keng jalb qilishga alohida e'tibor berib kelmoqda. Buning yaqqol tasdig’ini
tijorat banklari tomonidan 2020 yilning 1 yanvar holatiga kredit qo’yilmalari
miqdori 211,6 trln. so’mni tashkil etganidan ko’rishimiz mumkin (5-jadval).
Shu o’rinda aytib o’tish joizki, 2019 yilda erishilgan bu kabi ijobiy natijalar
2018 yilda qo’lga kiritilgan natijalarning mantiqiy davomidir. Bu esa o’z navbatida
mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining
rivojlanishiga ham
muhim ta'sir ko’rsatmoqda.
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning
raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va
energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan
yangi ishlab chiqarishlarni
tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab
chiqarishni o’zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy
35
barqarorligini ta'minlashda bank tizimi tomonidan olib
borilayotgan investitsion
siyosat o’z samarasini bermoqda.
Dostları ilə paylaş: