4-rasm. Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion
kreditlar to’g’risida ma’lumota
18
Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilda 38,8
trln. so’m yoki 2017 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko’p investitsion kreditlar
ajratildi (4-rasm).
Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni
rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan
loyihalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta'minlashga qaratildi.
Bu ham o’z navbatida tijorat banklarining kichik va xususiy tadbirkorlik
sub'ektlarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan muhim iqtisodiy va
moliyavi y strategiyalarining samarali tatbiq etilayotganligidan dalolat beradi.
Biroq, eksport va importda, xususan eksport yo’nalishida xususiy sektorning ulushi
kichik raqamlarni ko’rsatib turibdi. Aynan ana shu masalada, ya'ni kichik va
18
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti – www.cbu.uz -
https://cbu.uz/oz/statistics/financing/73901/
36
xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlari
ko’rsatish borasida tijorat banklari ma'lum darajada oqsoqlanib borayotgan bo’lib,
ularning bu boradagi faoliyatini takomillashtirishga davlat tomonidan muhim
darajada e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishda
asosan quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Chunki ushbu holatlar bank tizimining rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
I. Banklar. Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan banklar
soni 30 tani tashkil etadi hamda ulardan 13 tasi davlat kapitali ishtirokidagi, 17 tasi
davlat kapitali qatnashmagan banklar hisoblanadi. O’zbekiston Banklar
Assosatsiyasining rasmiy saytida (uba.uz) Ahbor Reyting tomonidan tuzilgan
reytingda faqatgina 22 ta bank reyting ma’lumotlari keltirilgan hamda ular uzB
reytingidan uzA+ reyting natijasigacha baholangan. Bunda 2 ta uzB, 1 ta uzB+, 1
ta uzB++, 8 ta uzA, 10 ta uzA+ baholar qayd etilgan. Ro’yhatga kiritilmagan
banklar (Milliy bank, O’zAgroEksport bank, Madad Invest bank, Davr bank,
Hamkorbank, Saderat bank) faoliyati haqida hech qanday ma’lumotlar
keltirilmagan. Banklarga nisbatan ishonchni oshirish uchun barcha banklar uchun
reyting natijalarini hamda qaysi nisbatlarga ko’ra reyting tuzilishi haqida ma’lumot
(bunday ma’lumotni assosatsiya saytidan topa olmadim) berib borilsa, maqsadga
muvofiq bo’lmasmidi?
II. Banklarning veb saytlari. Faoliyat yuritayotgan 30 ta bankning har biri
o’z rasmiy veb saytiga ega. Saytlarda asosan 3 tilda ma’lumotlar berib boriladi,
ammo aholining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashuvchi davlatda faoliyatini olib
borayotgan ko’p banklar saytlarida o’zbek tilidagi kontentga e’tibor ikkinchi
o’rinda qolib ketmoqda. Axborot asri deb atayotganimiz XXI asrda har kim bank
haqidagi ma’lumotlarni bemalol internet orqali olish imkoniyatini yaratish mijozlar
va investorlar uchun qulaylik yaratadi. Saytlarda berilgan ma’lumotlarni o’rganish
davomida ma’lum bo’ldiki, 80% saytlarda “Bank Nizomi” joylashtirilgan, nizomda
bank kapitali, aksiyalar soni va aksiyadorlar haqida ma’lumot berilgan. Saytlardagi
aksiyadorlarga degan bo’limda esa qiziq bir holatga duch keldik. Ba’zi saytlarni
37
hisobga olmaganda 90% saytlarda yaqin yillarda aksiyaga to’langan divedent
haqida ma’lumotlar mavjud emas. Ochiq va aniq ma’lumotlarni saytga
joylashtirish, bo’lajak investorlar uchun sarmoya kiritishga turtki bo’lishi hamda
bank kapitalini oshishiga olib kelishi mumkin edi deb hisoblayman. Ishonasizmi,
yo’qmi, saytlarda “Ochiq ma’lumotlar” bo’limi bor, ammo bu yerdagi ahvol ham
qoniqarli darajada emas. Hukumatning “Ochiq ma’lumotlar” portalidagi
(data.gov.uz) holat esa, banklar oshkoralikdan qo’rqadi degan taassurot uyg’otadi.
Bu borada O’zR Markaziy banki ham qolgan banklarga ibrat bo’la olmaydi.
Demak, “Baliq boshidan” degani ayni haqiqat deb qo’ya qolamiz.
III. Omonotlar. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan omonat turlari
o’rganilganda, omonotlardan o’rtacha daromad miqdori yillik 10-17%ni tashkil
etmoqda. Ravnaq bank va Invest Finance Bank (Infinbank)da esa 20%gacha taklif
etishmoqda. Kelajak avlodni o’ylab qilinayotgan ishlarni ham unutishmagan, yosh
avlod uchun 14-16 yoshga kirguncha maxsus omonat turlari yillik 12-14%lik
daromad bilan taklif etilmoqa. Ammo ipoteka kreditlari uchun kiritilgan badal
pullariga hisoblanadigan daromadlarni (ba’zi banklarni hisobga olmasa, asosiy
qismi yillik 5% daromad taklif etmoqda) ko’rib, jimgina yoqangizni tishlab qo’ya
qoling. Omonatlarning asosiy qismi qisqa muddatli ya’ni 1 oydan 12 oygacha
bo’lgan muddatli omonatlar hisoblanadi. Banklar tomonidan ayrim omonat turlari
uchun mablag’ qabul qilishda naqd va plastik shaklida cheklovlar mavjud. Uzoq
muddatli omonatlar (jamg’arma) uchun esa yillik daromad stavkasi odatda
0.01%ni tashkil etmoqda. Bunday antiqa takliflar tufayli xalq o’z mablag’ini
banklarga omonatga qo’yadi deb o’ylay olasizmi?
IV. Kreditlar. Banklar tomonidan asosan 4 turdagi kredit xizmatlari
ko’rsatilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun 1. Iste’mol krediti 2. Ipoteka krediti 3.
Avtokredit 4. Ta’lim krediti. Iste’mol kreditlari uchun yillik ustamalar 20-24%ni,
beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining (EKIH) 100 barobarigacha
bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda. Ta’limni rag’batlantirish uchun ta’lim kreditlari
taklif etayotgan banklar, kredit muddatini bakalavr uchun 5-10 yil, magistr uchun
esa 3-5 yil chegarasida, kredit ustamasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy
38
banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida (hozirgi vaqtda 16%) belgilashgan.
Ipoteka kreditlari 10 yildan 15-yilgacha bo’lgan muddatda berilmoqda. Kredit
sohasida o’zbek banklari uchun yangilik bo’lgan avtokreditlar ham banklar
tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ayrim banklar sotib olinayotgan avtomobilning o’zini
garov sifatida olsa, ayrim banklar esa qo’shimcha garov manbalarini ham
so’rashmoqda. Avtokreditlar uchun boshlang’ich badal miqdori o’rtacha 25-
40%ni, yillik ustama esa 20%dan 28%gacha tashkil etmoqda. Hukumat tomonidan
aholining kam ta’minlangan qatlamining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga
qaratilgan, xalq tilida “imtiyozli kredit” deb atalayotgan, miqdori EKIHning 100
barobarigacha hamda yillik ustamasi 8%ni tashkil etadigan kredit borasida olib
borilgan surishtiruvlar shuni ko’rsatdiki, Mikrokreditbank xodimining aytishicha
“Bu kredit hozirgi vaqtda test rejimida amalga oshirilmoqda va har bir mahalladan
2 kishi olishi mumkin. Kafil bo’lganda kredit miqdori EKIHning 50 barobarigacha,
garov ta’minoti taqdim etilsa, 9200000 so’mgacha berilmoqda. Ayni damda
EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan yillik 7% ustamali kredit taqdim
etilmayabdi”. Bank xodimi nima sababdan EKIHning 100 barobarigacha bo’lgan
miqdordagi kredit berilmayotganligi sababini ochiqlamadi.
V. Xizmat ko’rsatish. Banklarning xizmat ko’rsatish tartibiga alohida e’tibor
berib o’tsak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yaqinda qabul qilingan
qaroriga asosan, hozirgi kunda banklarga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni
talab etish hollariga chek qo’yildi. Bir necha marotaba banklarda plastik kartalar
orqali to’lov qilganimda pasportim nusxasini hamda plastik egasi kimligini ham
so’rashmadi. Bu o’z navbatida bank mijozlari uchun qulaylik hisoblanadi. Xorijiy
valyutalarni almashtirish shahobchasi ish kunlarining va ish vaqtining
ko’paytirilishi ham bank muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Banklar tomonidan o’z mobil ilovasining ishlab chiqarilishi va turli to’lovlarni
amalga oshirish imkoniyatining berilishi banklarning yutuqlari deb bemalol
aytishimiz mumkin. To’lov borasida plastik va naqd shakl uchun ba’zi holatlarni
e’tiborga olmaganda, tavofutlar, cheklovlar kuzatilmayabdi. Ammo ayrim
banklarda to’lov topshiroqnomalarini bajarish hamda to’lovchiga to’lov
39
qaydnomasi berishda hali hanuz kamchiliklar uchrab turibdi. Shaxsan guvohi
bo’lganim, Mikrokreditbank, Agrobanklarning ayrim hududiy filiallari tomonidan
to’lov qaydnomalari 1 ish kunidan keyin berilmoqda. Natijada mijoz yana
qimmatli vaqtini yo’qotib, to’lov qaydnomasini olish uchun borishga majbur
bo’lmoqda. Ushbu holat, Xalq banki, Ipak Yo’li banklarida yaxshi yo’lga
qo’yilgan, to’lov amalga oshirilgan zahoti, to’lov qaydnomasi mijozga taqdim
etiladi. Yana bir og’riqli tomoni, mijoz to’lov topshiroqnomasi uchun maxsus
blankani ko’p hollarda qo’shimcha mablag’ evaziga sotib olmoqda, xolbuki, bank
o’z mijozlarini tekinga to’lov topshiroqnomalari bilan ta’minlasa, mijoz uchun
qo’shimcha qulaylik yaratgan bo’lmaydimi? Xorijiy davlatlardan xalqaro pul
o’tkazish xizmatlari orqali yurtimizga jo’natilgan mablag’larni olishda bank
xodimlari tomonidan “ustama haqlar” o’rnatilish holatlari ham bank xizmatlaridan
foydalanishga teskari ta’sir ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib
turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari
(Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga
qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo’lgan bank
omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun,
xususiy banklarda bu ko’rsatkich 100% ga teng
19
.
Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank
sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan
tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh
qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. O’zbekistondagi ko’plab
tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayonidan o’tishlari tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |