Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyoti modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta’minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bankning moliyaviy tahlillarini avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-sonli Farmoniga ko’ra “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha texnologiyalarning qo’llanishini tartibga solishda ishtirok etish1” belgilab qo’yildi.
Tijorat banklari moliyaviy tahlillarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ish vaqtidan va sifatdan yutishga xizmat qiladi.
“Blokcheyn - texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun’iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bо‘yicha faoliyat jahonning kо‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn" texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning kо‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.2”
Milliy iqtisodiyotda bozor infratuzilmasining rivojlangan bo’g’inlaridan biri bank tizimidir. Bank tizimining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni kata bo’lib, uning samarali faoliyat yuritishi boshqalarga nisbatan tarmoqlarga jiddiy ijobiy ta’sir etadi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi.