Vazifani yechish rejimi. Masalani yechishda aralash (paketli va interaktiv) rejimi bilan foydalaniladi.
Masalani yechishda doimiy va о‘zgaruvchi axborotga ega fayllarning tarkibi. О‘zgaruvchi fayllar:
BB “Buxgalteriya balansi
QMLM “Qisqa muddatli likvid mablag’lar
UMA “Uzoq muddatli aktivlar”
SZ “Debitor va kreditor qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”
Doimiy fayllar:
Tijorat bank nomi-TBN
Tijorat bank turkimi-TBT
kalendar – KALENDAR
Natijaviy ma’lumotlarni berish shakli. Bu masalada natijaviy ma’lumot bо‘lib “Moliyaviy tahlil” hisoblanadi u elektron xujjati shaklida beriladi.
Vazifani yechishni avtomatlashtirishdan maqsad. Mehnat va moliyaviy harajatlarni pasaytirish va qaror qabul qilishni sifatini oshirish.
Vazifani yechishda boshqariladigan obyektlar rо‘yxati.
Ma’lumotlarni tayyorlashda, buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;
vazifani yechishda buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;
olingan yechimlarni taxlil qilishda buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;
masala shartlarini belgilashda buxgalteriya bо‘limi va rahbariyat qatnashadi.
Chiquvchi axborotlardan foydalanish tadbirning bayoni. Masalani yechib, “Moliyaviy tahlil” olinadi. Bir nusxani buxgalteriyada olib koladi, ikkinchi nusxasi rahbariyatga uzatiladi.
Vazifani yechishning davriyligi va natijaviy xujjatlarni berish reglamenti. Ushbu vazifa har oy, chorak va yil bо‘yicha yechiladi. Natijaviy xujjat “Moliyaviy tahlil” har oy, chorak va yil oxirida (ba’zan talab bо‘yicha) rahbariyatga xujjat shaklida taqdim etiladi.
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ishni tashkil qilishga talablar. Bu masalada dastlabki ma’lumotlar: “Buxgalteriya balansi”, “Qisqa muddatli likvid mablag’lar”, “Uzoq muddatli aktivlar”, “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”, “Joriy davr hisoboti”. Barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yig’iladi va avtomatik tarzida tahlil qilinadi.