“Siyosiy kommunikatsiya” tushunchasi siyosiy faoliyatni jonlantirish, jamiyat a'zolarida ijtimoiy-siyosiy ong va tafakkurni shakllantirish, umuman olganda, fuqarolarni siyosiy sotsiallashuvida aloqa vositalaridan foydalanish, axborotlarni uzatish, yetkazish va qabul qilish jaroyonini bildiradi.
OAV - bu har bir kishiga maxsus texnika vositalari orqali xilma-xil, ochiq, rasmiy ma'lumotlarni etkazib berish muassasalaridirlar. Ular davriy matbuot, televidenie, radio, kino, ovoz yozish, internet va boshqa turdagi muassasa, vositalardan tarkib topadilar.