O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 11- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 46,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü46,81 Kb.
#187572
1   2   3   4
Olimova Go‘zal Erkinboyevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
11-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.09.2022
87 
masala ustida birgalikda ishlanadi. O‘qituvchi uning faoliyatini kuzata borib, uni 
yo‘naltiradi, shu bilan birga о’quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. 
Suhbat metodi adabiy ta’limning barcha bosqichlarida: kirish darslarida ham, 
badiiy asarni o‘zlashtirishda ham, uning tahlili mobaynida ham, yakunlovchi 
bosqichida ham qo‘l keladi. Adabiyot darslarida suhbatning asosiy talablaridan biri - 
savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. O‘quvchiga 
bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir qiladi. O‘quvchini 
o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan savollarni 
tayyorlayotganda о‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilaming rivojlanganlik darajasini 
nazarda tutishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, suhbat uchun tuzilgan savollar o‘quvchi 
ruhiy faoliyatining xilma-xilligini ham ta’minlashi kerak. 0’quvchining savclga javob 
berish uchun o‘ylanishi, eslashi, tasavvur qilishi, izlanishi unda shaxslik sifatlari 
shakllanishida juda foydalidir. Suhbat uchun tuzilgan savollar orasida o‘zaro kuchli 
mantiqiy aloqa bo‘lishi kerak. Savol ko‘magida asardan o‘quvchi tomonidan taklif 
qilingan mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab yaxlitlikni tashkil etishiga e’tibor 
qiratilishi maqsadga muvofiqdir. 
Suhbat davomida o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq bilgandagina o‘z 
qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday vaziyatlarda bilimning, dalilning 
o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asarni mustaqil tahlil qila biilishi, xulosalar chiqara olishi 
kerak bo‘ladi. Asar matni yuzasidan izlanishga undaydigan tarzda tuzilgan savol-
topshiriqlar ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, 
o‘ylashga. his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur 
uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari: «Yaxshi savol yarim bilimdir», - deb 
bejiz aytmagan. 
Yuqori sinflarda asar muallifi timsolini tushunish uchun suhbatlarning soni ham, 
doirasi ham kengayadi. O‘quvchilar ko‘p asarlar orasidan ayni adibning ovozi, uslubi, 
shaxsini ajrata olishi, unga yaqinlashishi, uni his qilishi lozim. Lirik asar yuzasidan 
tashkil qilingan suhbatlar qaysidir o‘rinlarda muallif timsolidagi, uning fikr va 
tuyg‘ulari olami haqidagi suhbatlarga buriladi. Suhbatlar o‘quvchini qiziqtirgandagina 
uning shaxsiyati, ma’naviyati uchun samarali bo‘ladi. Odatda, bolalarga tushunarli 
bo‘lgani holda javob berish bir qadar qiyinchilik tug‘diradigan savollar qiziqarli 
tuyuladi. Ular – o‘quvchi uchun o‘ziga xos topishmoq. O‘quvchilarda emotsional holat 
hosil qilishda, eng asosiy yumush muhokamani bog‘lab turadigan boshlang‘ich savolni 
topish. 
Yuqori sinflardagi suhbatlarda beriladigan savollar nafaqat tez tasavvur qilish 
yoki matnni bilishni, balki zarur materialni tanlash, ularni tizimga solish, anglash, 
tahlil qilish va munosabat bildirishni ham talab qiladi. Suhbatlarda foydalaniladigan 
savollar har xil bo‘ladi: ayrimlari o‘quvchini asar matnini qayta o‘qishni, misollar 
ajratishni, dalillar topishni talab qilsa, ba’zilari asar matnini tahlil qilishni taqazo etadi. 
Ammo, bu savollarning har biriga beriladigan javob mehnatni, aqliy va ruhiy 
zo‘riqishni talab qiladigan bo‘lishi o‘rinlidir. 



Yüklə 46,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin