O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
11-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.09.2022
89
to‘ldirib borishi ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fikridek
to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham adabiy ta’lim uchun
olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qimmatliroqdir. Chunki, u hech kimni –
muallifni ham, muallimni ham takrorlayotgani yo‘q. Bu o‘quvchining o‘z mustaqil fikri,
o‘z xulosasi. O‘quvchining fikr ifodalashida mantiq, madaniyat va bilimni ta’minlash,
boshqalarning fikriga munosabatda aytganlari uchun javob bera olish hissini
tarbiyalash o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. Suhbat – bu ovoz chiqarib mulohaza
yuritish, bir savol atorfida birgalikda o‘ylashdir. Asar ustida ishlash jarayonida
bo‘ladigan suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki, ovoz chiqarib his etish ham
o’quvchilar hamisha tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq ifodalayvermaydilar. Asl
tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi.
Tortishuvlar uchun vaziyat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlashini
faollashtirishning muhim yo‘llaridan biridir. Suhbat jarayonida o‘qituvchining diqqati
faqat bir nechta o‘quvchiga qaratilib qolsa, jamoa suhbati buzaladi. Qolgan o‘quvchilar
tezgina tinglovchilik mavqeiga o‘tib oladilar. Sinfda «suhbatda faqat a’lochi o‘quvchilar
qatnashadi» degan qarash shakllanib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent. 2020.
2.
N. Atayeva, F. Rasulova. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2012.
3.
H. Omonov, N. Xo’jayev va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat. Darslik. Toshkent. 2009.
Dostları ilə paylaş: |