O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix01.08.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138244
1   2   3   4   5   6   7
Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
maydonlari ajratish boshlandi[16]. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, 
ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari 
doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari 
bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi. Yurtimizda ota-
onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya 
olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi, “Mehribonlik 
uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiy-texnik bazasi, 
kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.“Mehribonlik uylari” 
va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi 
tizim joriy etildi. Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining 
muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish 
bo‘yicha yangi tizim – “Mehr daftari” joriy etildi. Shuningdek, yetim va ota-ona 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi[17]. 
Unga ko‘ra, o‘ziga biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtoj sifatida 
hisobda turgan ana shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy maydoni 25 
kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan bolalar o‘rtasida nikoh 
tuzilgan holatlarda esa 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar 
ajratiladi.Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng 
qamrovli mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda[18]. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy 
yordamning barcha turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish 
imkonini beradigan “Yagona ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda[19]. Yil oxiriga qadar tizim 
barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali ma’lumotlarni 
tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan 
holda amalga oshiriladi[20]. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, 
olingan kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida 
mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” 
dasturining to‘liq ishga tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi 
va natijada ijtimoiy yordamni taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar 
bartaraf etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini 
ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan 
yordam pullari bilan cheklanib qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi 
darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir[21]. Odatda kambag‘allikka tushib 
qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat 
tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich kambag‘allikdan 
chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib 
turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini 
ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor 
vazifasi etib belgilangan[22]. 
Xulosa va takliflar. Maqolamizga xulosa yasaydigan bo'lsak, bizning ulug' 
ajdodlarimiz ham necha asrlar kuchli ijtimoiy davlat siyosatini olib borgan. Birgina 
Amir Temur bobomizni oladigan bo'lsak, mamlakat aholisi ahvolidan xabardor va ogoh 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin